Ziyodullayeva Dilnura
Ziyodullayeva Dilnura 2009-yil 29-mayda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. U 96-maktabda o‘rta ta’lim olgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 1-kurs bakalavr talabasi.
Dilnura 2024-yilda o‘z sinfdoshlariga dars o‘tish orqali faoliyatini boshlagan va tarix o‘qituvchisi sifatida 2 yillik tajribaga ega. U tarix fanidan A darajaga, ona tilidan A darajaga, IELTS bo‘yicha B2 darajaga hamda rus tilidan B1 darajaga ega.
Uning hayotiy shiori: «Kelajak seniki, “ular”niki emas». Dilnura bo‘sh vaqtida komikslar chizadi, fantastik kitoblar o‘qiydi va shirinliklar tayyorlaydi. U futbol muxlisi, rassomchilikka juda qiziqadi, shuningdek, xitoy va nemis tillarini mustaqil o‘rganadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch va jamoani boshqara olish qobiliyati muhim. Boshqalar undan tez chiqisha olish hamda jamoa bilan mukammal aloqa o‘rnata olishni o‘rganishlari mumkin. Kelgusida xitoy tilini C1 darajagacha ko‘tarish, xalqaro yurist va diplomat bo‘lish hamda xalqaro PhD bo‘lishni maqsad qilgan.
«Sizning bugungi mehnatingiz ertangi buyuk muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevordir».
