Zuhra Ahmadjonova Farhod Qizi

Zuhra Ahmadjonova Farhod Qizi
Zuhra Ahmadjonova Farhod Qizi
29 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ahmadjonova Zuhraxon Farhod qizi 30.04.2007-yilda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi bo‘lgan Zuhraxon O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining 2-kurs talabasi.

U faoliyatini Ibrat Debate loyihasida volontyorlik orqali boshlagan. Loyiha doirasida 300 ga yaqin ishtirokchini jalb etib, uni tumandagi katta loyihalardan biriga aylantirishga hissa qo‘shgan. Shundan so‘ng volontyorlik loyihalari va ijtimoiy sohada faol qatnashib kelmoqda.

Zuhraxon Ibrat Debate Camo, IV Ekologiya va Turizm qurultoyi hamda Turcik Youth Forum ishtirokchisi. U 2025-yilda Farg‘ona viloyati miqyosida “Iqtidorli yosh” sifatida taqdirlangan, Erkin Vohidov maxsus stipendiyasi sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, IELTS 7.0 sertifikatini qo‘lga kiritgan.

U bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi va tennis bilan shug‘ullanadi, adabiyot hamda tarixga qiziqadi. Shu sohalarda dunyoqarashi keng insonlar bilan suhbat qurishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun katta tavakkalchilik, to‘xtab qolmasdan ish bajarish, har qanday qiyinchilikdan qat’iyat bilan o‘tish va imkoniyatlardan foydalanish zarur.

Kelajakda u o‘z sohasi bo‘yicha yoshlarga ta’lim berishni, yangi yo‘nalishlarda ta’lim olib, dunyoqarashi va fikrlashini kengaytirishni maqsad qilgan. Yaqin yillarda nemis va ispan tili darajasini C1 levelga ko‘tarib, freelance tarjimonlik qilish niyatida. Shuningdek, turli davlatlarga sayohat qilib, hayotdan zavqlanishni istaydi. U sertifikatlarga tayyorlanish, ingliz tili hamda kelgusida nemis va ispan tillari bo‘yicha yo‘nalish ko‘rsatishni, turli stipendiyalarga topshirishda mentor bo‘lishni rejalashtiradi.

“Maqsad qanchalik ulkan bo‘lmasin, unga har kuni tashlanadigan kichik qadamlar orqali erishiladi.”

Hoziroq ariza qoldirish