Zuvaydillayeva Shahina Zohidovna
Zuvaydillayeva Shahina Zohidovna 2008-yil 8-iyulda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashaydi. U Qarshi shahridagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yilda tamomlagan va hozirda Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil olmoqda.
Shahina yoshligidan qattiq o‘qib, yaxshi baholar olish va a’lochi o‘quvchilar safidan joy olishni xohlagan. U maktabda barcha fanlardan a’lo baholarda o‘qigan hamda badiiy kitoblarni o‘qishni boshlagan. Kitoblar uning dunyoqarashi oshishiga yordam bergan va fikrlarini qog‘ozda ifodalashiga turtki bo‘lgan. Natijada u fan olimpiadalari va insholar tanlovlarida yuqori o‘rinlarni egallagan. U yoshligida oddiy va sodda she’rlar ham yozgan, biroq ularni ommaga taqdim etmagan; bu uning yoshligidagi hobbisi bo‘lgan.
Yuqori sinfga o‘tayotganida Shahina ingliz tilini o‘rganib, IELTS olish va chet elda o‘qishni orzu qilgan. U Multilevel B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng uning chet tillariga bo‘lgan qiziqishi uyg‘ongan va u koreys tilini ham qiziqish yuzasidan o‘rgangan. Hozirda koreys tilidan darajasi A2. U ingliz tilini yanada chuqur o‘zlashtirish, yapon va xitoy tillarini o‘rganishni boshlashni rejalashtirmoqda.
U insho yozishga bo‘lgan qobiliyati va chet tillariga qiziqishi tufayli turli ko‘rik-tanlovlar hamda olimpiadalarda qatnashib, bir qancha sertifikatlar, diplomlar va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 5-sinfligida “Qanday va nima maqsadda pul jamg‘araman?” nomli insholar tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, planshet, diplom va turli esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, fan olimpiadalari, Hokim olimpiadasi va insholar tanlovining shahar bosqichlarida 2- va 3-o‘rinlarni, shuningdek, bir qancha kitob sovg‘alarini qo‘lga kiritgan. U biologiya va matematika fanlari bo‘yicha ham olimpiadalarda qatnashib, yuqori ball to‘plagan hamda maktab obro‘sini yuksaltirishga hissa qo‘shgan. Shahina ingliz tilidan B2 darajaga, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega.
Bo‘sh vaqtlarida u rasm chizadi, musiqa tinglaydi, yangi tillarni o‘rganadi va shaxsiy kundaligini g‘oyalar bilan bezatib yozadi. U ko‘p tillarda o‘zini tanishtirish, kundalik suhbatlar va muhim lug‘atlarni o‘rganadi. Shahina biologiya, informatika, tarix, san’at yo‘nalishi va boshqa sohalarga ham qiziqadi; u bitta joyda va bitta sohada to‘xtab qolishni yoqtirmaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — mas’uliyat va o‘ziga bo‘lgan ishonch. U lider o‘z ustida qattiq ishlashi, o‘z kuchi va fikriga ishonishi hamda o‘z ishini zimmasiga olishi lozim, deb hisoblaydi. Kelajakda Shahina jamiyat uchun yetuk kadr bo‘lib yetishishni, ingliz va xorijiy tillardan yuqori darajalarni qo‘lga kiritishni hamda chet elliklar bilan ishlash orqali yurtini yuksaltirishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Sabr, duo va harakat bilan imkonsizdek ko‘ringan narsaga ham yo‘l topiladi”. U chin dildan qilingan duo, sabr bilan kutish va harakat qilish oxir-oqibat o‘z samarasini berishiga ishonadi.
