Liderlar 1.0 arxivi
SHAMSIYEVA YULDUZ OLIMOVNA
Bankir | Tadqiqotchi | Yosh olima | Ijtimoiy faol ayol

Shamsiyeva Yulduz Olimovna
Bankir | Tadqiqotchi | Yosh olima | Ijtimoiy faol ayol
Tug‘ilgan sana: 8-fevral, 1999-yil
Tug‘ilgan joy: Navoiy viloyati, Navoiy shahri
Yashash joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani
Ta’lim:
- Bakalavr — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulteti
- Magistr — Bank-moliya akademiyasi, Biznesni boshqarish (MBA: Moliya va moliyaviy texnologiyalar)
- Doktorantura — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi
Faoliyati:
- 2021-yil 26-martdan — “Turonbank” ATB Bosh bank mutaxassisi
- 2023-yil 4-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi doktoranti (PhD)
Ilm va mehnat yo‘lida:
Yulduzning yo‘li universitet davridayoq intellektual maydonlardan boshlandi. U 2017-yilda “Harakatlar strategiyasi – buyuk kelajagimizning yangi bosqichi” mavzusidagi maqolalar tanlovida faol ishtirok etdi, Konstitutsiya bayramlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza qildi.
2018-yilda esa “Zakovat” intellektual o‘yinlarida jamoasi bilan 2-o‘rin sohibasi bo‘ldi. Shuningdek, “Xalqaro hisob va audit” markazi kursini tamomlab, buxgalteriya hisobi bo‘yicha chuqur bilim oldi.
2019-yilda “Yil talabasi – 2019” tanlovida “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi. Bu yutuqlar uning tashabbuskorligi va fidoyiligidan dalolat beradi.
Yutuqlar va xalqaro ishtiroklar:
Yulduzning faoliyati bank tizimi bilan cheklanmaydi. U ko‘plab ilmiy maqolalar va tezislar muallifi sifatida tanilgan.
- 2021-yilda “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” tanlovida 3-o‘rin;
- 2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi va “Qizlar ovozi” klubi tashabbusida tashkil etilgan “Sening tashabbusing – sening kelajaging!” o‘quv-seminari ishtirokchisi;
- 2023-yil 17-noyabr — Prezident akademiyasi va Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro anjuman tashkilotchisi va ma’ruzachisi;
- 2024-yilda Jahon banki va Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan “English for Science” o‘quv dasturida qatnashgan;
- 2024-yilda Koreya Davlat boshqaruv akademiyasi (KIPA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-treningda faol ishtirok etgan;
- 2025-yilda Prezident akademiyasi xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan maxsus treningda malaka oshirgan.
Hayotiy qarashlari:
“Orzular — kelajak xaritasi. Harakat qilmasang, u faqat chiroyli chizma bo‘lib qoladi!”
Yulduz uchun hayotda eng muhim qadriyatlar — qat’iyat, mehnatsevarlik va halollik. U o‘z prinsipini shunday ifodalaydi: “Harakat — omadning kaliti. Kutmang, boshlang!”
Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish va milliy taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanishi unga ruhiy tetiklik bag‘ishlaydi. U o‘zini doimo kirishimli, pozitiv va odamlar uchun ochiq ko‘rishni xohlaydi.
Orzulari va kelajak sari qadamlar:
Yulduzning eng katta maqsadi — moliya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish, ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirish va yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Doktorantura bosqichida olib borayotgan ilmiy izlanishlari unga shu yo‘lda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
U yoshlar, ayniqsa qizlar uchun yorqin namuna bo‘lishni, ularni harakatchanlikka, izlanuvchanlikka va ijodkorlikka undashni o‘z zimmasidagi mas’uliyat deb biladi.
