Liderlar 1.0 arxivi

MAMADJONOV BEHRUZ G‘AFUROVICH

Adolat yo‘lida izchil qadam tashlayotgan lider

19 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
MAMADJONOV BEHRUZ G‘AFUROVICH

Mamadjonov Behruz — Adolat yo‘lida izchil qadam tashlayotgan lider

Tug‘ilgan sana va joyi: 2005-yil 30-oktabr, Jizzax shahri, Jizzax viloyati

Ta’lim: 2012–2021-yillarda Jizzax shahri 1-sonli umumta’lim maktabi, 2021–2023-yillarda Jizzax Ichki ishlar akademik litseyi. 2023-yildan buyon yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ta’limni davom ettirmoqda.

Faoliyat sohasi: Yurisprudensiya, huquqni muhofaza qilish organlari

Huquq sohasi sari ilk qadamlardan prokuratura xizmatiga

Mamadjonov Behruz G‘afurovich yosh bo‘lishiga qaramay, huquq sohasi bo‘yicha salmoqli tajriba orttirib ulgurgan. U ilk faoliyatini 2023-yilda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida inspektor yordamchisi sifatida boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida sudyalar hay’ati raisi yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. Bugun esa prokuratura tizimida bo‘lim prokurori yordamchisi lavozimida halol va fidokorona mehnat qilmoqda.

Behruzning faoliyatidagi muhim e’tiroflardan biri — 2024-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudyalar hay’ati raisi tomonidan berilgan tashakkurnoma. Bu yutuq uning qonuniylikni mustahkamlash va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun berilgan munosib e’tirof bo‘ldi.

Ilhom manbalari va hayotiy qarashlari

Behruz hayotida ko‘plab shaxslar va asarlar iz qoldirgan. Uning siyosiy qarashlariga Saddam Husaynning davlat boshqaruvidagi qat’iyati kuchli ta’sir qilgan bo‘lsa, ma’naviy ruhlanishida Ahmad Lutfiy singari ijodkorlarning “Saodat asri qissalari” asari muhim rol o‘ynagan.

Shiori esa uning hayotiy yo‘lini aniq ifodalaydi:

“Yoshligingda bergan har bir to‘g‘ri qaror – kelajakda yuzlab odamlarga adolat olib kelishi mumkin.”

Liderlik va shaxsiy fazilatlar

Behruzning nazarida, haqiqiy lider — bu o‘zining dono fikrlari bilan burilish yasay oladigan, har bir sohada epchillikni namoyon etadigan insondir. U mas’uliyat, halollik va vijdon bilan qaror qabul qilishni o‘ziga asosiy tamoyil qilib olgan.

Uning fikricha, insonlar undan qonun ustuvorligini ta’minlashda mas’uliyat va xolislikni, adolatli qaror qabul qilishni va o‘z sohasida tinimsiz izlanishni o‘rganishlari mumkin. Mehnatsevarlik, sabr-toqat va jamoada ishlash qobiliyati esa uning asosiy fazilatlari sifatida ajralib turadi.

Kelajak maqsadlari

Behruz Mamadjonov uchun eng katta orzu va maqsad — prokuror bo‘lish. U o‘zini adolat va qonun ustuvorligiga bag‘ishlab, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishni niyat qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish