Liderlar 1.0 arxivi

MAXMUDOVA AZIZA AZAMAT QIZI

Yosh olima | Telejurnalist | Loyiha asoschisi | Davlat stipendiyalari sohibasi

12 sentabr, 20252 daqiqalik o'qish
MAXMUDOVA AZIZA AZAMAT QIZI

Maxmudova Aziza Azamat qizi

Yosh olima | Telejurnalist | Loyiha asoschisi | Davlat stipendiyalari sohibasi

Tug‘ilgan sana: 30-sentyabr, 2003-yil

Tug‘ilgan joy: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani

Yashash joyi: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

Ta’lim:

  • Termiz davlat universiteti (2021–2025, bakalavr, imtiyozli diplom)
  • O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (O‘zDSMI), magistratura (2025-yildan, davlat granti asosida)

Faoliyat:

  • Surxondaryo viloyati kengashi sardori (maktab davridan)
  • 2022–2024-yillarda Termiz davlat universitetida faoliyat olib borgan
  • 2024-yildan hozirga qadar Surxondaryo viloyati teleradiokanali DM’da faoliyat yuritmoqda
  • “Iste’dod”, “Stipendiantlik sari ilk qadam” Aziza Maxmudova bilan, “Maqsaddan natijagacha” loyihalari asoschisi

Ilk qadamlar va yo‘l tanlovi

Azizaning hayoti maktab davridayoq ijtimoiy faollik va yutuqlar bilan boshlandi. U viloyat kengashi sardorligi orqali liderlik qobiliyatini shakllantirdi, turli tanlovlarda g‘olib chiqib, jamiyatda faol pozitsiyani egalladi.

Talabalik yillarida ham izlanishdan to‘xtamadi: o‘qish bilan bir qatorda ilmiy va amaliy faoliyatni ham olib bordi. Bugun esa u telejurnalistika, loyiha boshqaruvi va ilmiy tadqiqotlarni uyg‘unlashtirgan faol shaxs sifatida tanilmoqda.

Yutuqlar va e’tiroflar

Aziza bugun ko‘plab stipendiyalar va mukofotlar sohibasi:

  • Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi
  • Viloyat hokimi stipendiyasi
  • Shukur Xolmirzayev stipendiyasi
  • Universitet stipendiyasi
  • “Eng faol yil talabasi – 2024” respublika bosqichi sovrindori

Shuningdek, u ilmiy ishlarda ham katta yutuqlarga erishgan:

  • “Madaniyat markazlari boshqaruv psixologiyasida innovatsion yondashuv usullari” dasturi uchun Adliya vazirligi tomonidan DGU guvohnomasi sohibasi
  • Mualliflikdagi ikki monografiya: “Innovative approach methods in management psychology in cultural centers”, “Leadership ability and methods of its formation”
  • 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezis (respublika va xalqaro nashrlarda)
  • Malayziyada “Winter Exchange” dasturi ishtirokchisi
  • Turk va ingliz tili sertifikatlari

Ilhom manbalari va shiorlari

Azizaning bolalikdan eng katta tayanchi — ota-onasi. Uning ilmiy qarashlari va liderlik fazilatlarining shakllanishida Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Hamidovichning o‘rni beqiyos. U shunday deydi:

“Haqiqiy rahbar yopiq eshiklar yonidagi ochiq eshiklarni ko‘ra oladi.”

Uning hayotiy shiori esa yosh qizlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi:

“Aqlli qizlar — o‘z orzulariga qanot bo‘la olgan qizlardir.”

Qiziqishlari va insoniy qadriyatlari

Aziza kitobxonlikni, ayniqsa ilmiy va psixologik adabiyotlarni sevadi. U yangi loyihalar ustida ishlashni hayotining bir qismi sifatida ko‘radi. Shaxsiy fazilatlaridan biri — intizom. Unga ko‘ra:

“Intizomi yuqori bo‘lgan insonlarda rivojlanish va o‘sish ham yuqori bo‘ladi.”

U, shuningdek, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, insoniylik va mehribonlikni faoliyati bilan uyg‘unlashtirib kelmoqda.

Kelajak sari orzular

Aziza o‘zini sohasining yetuk mutaxassisi sifatida ko‘radi. U yoshlar uchun yangi, kreativ loyihalar tashkil etishni, xorijiy tajribani o‘zlashtirib, yurtimizga olib kirishni maqsad qilgan. Uning uchun eng katta orzu — ota-onasi va yurtini o‘z yutuqlari bilan faxrlantirish.

Maxmudova Aziza Azamat qizi — yosh bo‘lishiga qaramay, ilm-fan, ijod va jurnalistika sohasida o‘z ovoziga ega bo‘lib ulgurgan iqtidorli shaxs. U bugungi faoliyati va intilishi bilan bitta haqiqatni isbotlamoqda:

“Hikmat izlaganga — hikmatdir dunyo! Agar inson o‘z orzularini aniq belgilab, intizom bilan harakat qilsa, albatta buyuk manzillarga yetadi.”

Hoziroq ariza qoldirish