Liderlar 1.0 arxivi
ELBEKOV ALINUR FURQATOVICH
dasturlash va robototexnika yo‘nalishida mutaxassis

Kasbiy faoliyat davri: 2021 — h.v.
Ixtisosligi: Dasturlash, robototexnika, avtomatlashtirilgan tizimlar, sun’iy intellekt asoslari
Ish tajribasi: Texnik to‘garaklar yetakchisi, yoshlar uchun mentor; bir nechta xalqaro texno-forumlar ishtirokchisi va musobaqalar finalchisi
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, O‘zbekiston
Fuqaroligi: 🇺🇿 O‘zbekiston
Ta’limi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)
Ixtisosligi:Kompyuter injiniringi va avtomatlashtirilgan tizimlar
Vebsayti / tarmoqlari:
@alinur_elbekov (Telegram), Instagram.com/alinur.elbekov
Alinur Furqatovich Elbekov — zamonaviy texnologiyalarni egallagan, innovatsion fikrlashga ega bo‘lgan istiqbolli yosh mutaxassis.
Dasturlash va robototexnika sohasida o‘rta darajali bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga qaramay, u qisqa vaqt ichida o‘z salohiyatini nafaqat mahalliy balki xalqaro miqyosda ham namoyon qilgan.
Alinur dastlabki loyihalarini Arduino, Raspberry Pi, ESP32 kabi platformalarda yaratgan bo‘lib, ularni maktablar va texnik to‘garaklar uchun ta’limiy prototiplarga aylantirgan. U Python, C++, JavaScript tillarida dasturlash, sun’iy intellekt modellarini oddiy qurilmalarga integratsiya qilish, avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish borasida kuchli amaliy tajribaga ega.
Yutuq va tajribalar:
- 2023-yilda “TechnoFuture Central Asia” robototexnika musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
- 2024-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan “Youth Robotics Forum” xalqaro texnologik anjumanida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etgan.
- Uning “Smart Irrigation Bot” (aqlli sug‘orish roboti) loyihasi BMT Taraqqiyot Dasturining yoshlar innovatsiyasi bo‘yicha tanlovida e’tirof etilgan.
- Yevropa Ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “GreenTech Hackathon 2024” tadbirida jamoasi bilan finalgacha yetib borgan.
Alinur ko‘plab onlayn kurslar, bootcamp va masterklasslarda qatnashib, o‘z ustida uzluksiz ishlaydi. U har bir texnologiyani inson hayotini yaxshilash vositasi deb biladi va texnikani ijtimoiy ehtiyojlarga xizmat qildirish tarafdori.
Shaxsiy yondashuvi va qadriyatlari:
U har bir loyihasida innovatsion fikrlash, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlik tamoyillariga amal qiladi. Texnologiyalar orqali yoshlarni ilhomlantirish, ularni ilmga qiziqtirish — Alinurning asosiy hayotiy maqsadlaridan biri. Shuningdek, u tashkilotchilik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari bilan ham ajralib turadi.
Bugungi kunda Alinur Elbekov O‘zbekistonni xalqaro texnologik maydonda munosib tarzda namoyon qilish yo‘lida izlanmoqda. U kelajakda o‘z startapini yo‘lga qo‘yib, ta’lim, agrar soha yoki tibbiyotga xizmat qiluvchi sun’iy intellekt va robototexnika yechimlarini yaratishni maqsad qilgan.
