Liderlar 1.0 arxivi

RAXMONOV BOBONUR RUSTAM OʻGʻLI

huquqning kelajagi sari qat’iy qadamlar bilan olg'a borayotgan lider

14 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
RAXMONOV BOBONUR RUSTAM OʻGʻLI

Raxmonov Bobonur — huquqning kelajagi sari qat’iy qadamlar bilan olg'a borayotgan lider

Tug‘ilgan sana: 5-may 2003-yil

Tug‘ilgan joy: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

Yashash joyi: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

Ta’lim: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Yurisprudensiya yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi

Avvalgi ta’lim: 9 yil maktab, 3 yil Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi, maktabni qizil atestat bilan tamomlagan

Huquqqa yetaklagan ilk qiziqish

Bobonur Raxmonovning huquqshunoslikka bo‘lgan mehr-muhabbati litsey yillaridayoq shakllangan. Maktabni imtiyozli atestat bilan tugatgan bo‘lsa, litsey davrida viloyat miqyosidagi munozaralarda faol qatnashib, huquq fanidan yuqori natijalarga erishgan. U ilmiy va ijtimoiy faoliyatini davom ettirgan holda, OTM miqyosida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida jamoaviy tarzda faxrli 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, respublika darajasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyasi” tanlovida ham jamoaviy tarzda uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

Ilhom manbai va hayotiy tamoyillar

Bobonur hayotida eng katta ta’sir qilgan inson — otasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasining tarbiyasi, hayotiy saboqlari va yelkadosh qo‘llab-quvvatlashi bugungi muvaffaqiyatlariga yo‘l ochgan. Shiori esa aniq va lo‘nda:

“Vaqt — eng oliy hakam. U hamma uchun bir xil tezlikda o‘tadi, faqat undan foydalanganlar yutadi.”

Qiziqishlar va o‘z ustida ishlash

Bo‘sh vaqtlarida huquqiy adabiyotlar mutolaasi, maqolalar o‘qish, sport bilan shug‘ullanish — Bobonurning kundalik odatlaridan. U ustozlaridan yangi bilimlarni olishga intilib, har kuni o‘z huquqiy saviyasini oshirishga harakat qiladi. Ishonch uyg‘ota olish, mas’uliyatni zimmasiga olish va natija uchun javob berish — uning liderlikdagi eng muhim fazilatlaridan.

Kelajak rejalari va jamiyatga qarashlari

Bobonur kelajakda o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni, xorijda ta’lim olib, dunyo tajribasi asosida O‘zbekiston huquqiy tizimidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etishni maqsad qilgan. Uningcha, haqiqiy lider mag‘lubiyatdan qo‘rqmaydi, qiyinchiliklardan esa yangi imkoniyat sifatida foydalanadi.

Yoshlar uchun saboq

Bobonur yoshlarga shunday deydi:

“Har bir javob ortida yangi bir savol yashiringan. O‘rganishdan, izlanishdan va o‘z fikrini himoya qilishdan aslo to‘xtamang.”

Hoziroq ariza qoldirish