Liderlar 1.0 arxivi

QOSIMOV SHOHRUH MIRZO SHERZOD O'G'LI

ta’lim va siyosat yo‘lida yetakchi yosh lider

14 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
QOSIMOV SHOHRUH MIRZO SHERZOD O'G'LI

Qosimov Shohruh Mirzo — ta’lim va siyosat yo‘lida yetakchi yosh lider

Tug‘ilgan sana: 2001-yil

Tug‘ilgan joy: Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani

Yashash joyi: Farg'ona viloyati Marg'ilon shaxri

Faoliyat sohasi: Ta’lim boshqaruvi, siyosiy faoliyat

O‘qish joyi: Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Lavozimi: O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyati kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i, 2021-yildan Intelektual Yoshlar klubi asoschisi va rahbari, 2024-yildan "InnovateX" xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi direktori.

Ta’limdan siyosatgacha bo‘lgan yo‘l

Qosimov Shohruh Mirzo o‘z faoliyatini ta’lim sohasida boshladi. 2017-yildan 2023-yilgacha “Toshloq School” nodavlat ta’lim muassasasida dastlab direktor o‘rinbosari, keyinchalik direktor sifatida ishladi. So‘ng “Garvard Edu” xususiy maktabi (2023–2024) va “Planeta Znaniy” xususiy maktabi (2024–2025) direktori sifatida faoliyat yuritdi. Har bir ta’lim maskanida u nafaqat boshqaruvni, balki sifatli ta’lim muhitini shakllantirishni ham maqsad qildi. 2025-yildan boshlab esa O‘zXDP Farg‘ona viloyati kengashida Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limiga boshchilik qilmoqda. Bundan tashqari "Apelsin" ko'p tarmoqli savdo markazi hamda "Lunia" lavanda va tabiiy giyohlardan olinadigan mahsulotlar brendlari asoschisi.

Ilmiy va ijodiy izlanishlar

Shohruh Mirzo ta’lim sohasidagi faoliyati bilan bir qatorda ilmiy va ijodiy ishlarga ham katta e’tibor beradi. U kimyo, biologiya va tibbiyot bo‘yicha 16 ta qo‘llanma va darslik, shuningdek, 3 ta she’riy kitob muallifi. She’riyatdagi nozik didi va ilmiy tafakkuri uning faoliyatida uyg‘unlashgan. Bundan tashqari, u 30 dan ortiq xalqaro sertifikat sohibi bo‘lib, bu uning bilim va malakasining keng qamrovini tasdiqlaydi. 2019–2024 yillar mobaynida kimyo va biologiya fani repetitori sifatida faoliyat yuritgan. 700 dan ortiq abituriyenti talaba bo‘lgan. “Eng yaxshi pedagog–2023” respublika bosqichi g‘olibi. Bir nechta xalqaro ko‘krak nishonlari sohibi. Yuzdan ortiq maqolalari eng nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etilgan.

Qiziqishlar va noyob kolleksiya

Shohruh Mirzo o‘zining serqirra shaxsiyati bilan ham ajralib turadi. U stol tennisi bilan shug‘ullanadi, kitob mutolaasini sevadi. Eng e’tiborga molik jihati — u 500 dan ortiq turli mamlakat choylari va xorijiy valyutalar kolleksiyasiga ega. Bu noyob to‘plam uning dunyoqarashi va madaniy qiziqishlarining kengligini ko‘rsatadi.

Liderlik falsafasi va hayotiy tamoyillar

Shohruh Mirzo fikricha, liderlik tug‘ma sifat bo‘lib, uni faqat to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. U hayotda hech kimdan hech narsa kutmasdan, har bir ishni o‘z vaqtida bajarish va mas’uliyatni eng muhim fazilat sifatida ko‘radi. Uning hayotiy shiori quyidagicha:

“Millat uchun yonib yashash kerak. O‘qishdan va ishlashdan maqsad ham millat g‘amida bo‘lishdir.”

Kelajak qarashlari

Shohruh Mirzo kelajakka oid katta rejalarini oshkor etishni ma’qul ko‘rmasa-da, uning barcha faoliyati va intilishlari millat, ta’lim va yoshlar manfaatiga xizmat qilishga qaratilgan. U o‘z sohasida yangilik yaratish, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va siyosatda faol yosh lider sifatida yetuk cho‘qqilarga chiqishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish