Liderlar 1.0 arxivi

BOTIROVA BARNO OʻKTAM QIZI

So‘z kuchiga ishongan qalb egasi

13 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
BOTIROVA BARNO OʻKTAM QIZI

Botirova Barno — so‘z kuchiga ishongan qalb

Tug‘ilgan sana: 22-yanvar 2004-yil

Tug‘ilgan joy: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

Yashash joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Ta’lim: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi

Faoliyat sohasi: Jurnalistika

Boshlangan yo‘l — Yosh jurnalistlar maktabidan

Barno Botirova jurnalistika olamiga 2022-yil 4-oktyabrda Yosh jurnalistlar maktabida tahsil olish bilan kirib keldi. 5 oy davomida sohaning yetuk mutaxassislaridan saboq olib, bilim va tajriba to‘pladi. Turli tadbir va syomkalarda qatnashib, amaliy faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Uning maqolalari tuman va viloyat gazetalarida chop etildi. Bu davr unga faqat nazariy bilim emas, balki haqiqiy jurnalistik hayotning ichida bo‘lish imkonini berdi.

Ilhom manbai — Onaning orzusi

Barnoning jurnalist bo‘lishida eng katta turtki — onasi Salima opa. Yoshligida o‘qishga imkon topmagan, ammo har doim bilim olishni orzu qilgan ona, qizining o‘qishi uchun barcha sharoitlarni yaratdi. “Meni oʻqishga imkonim boʻlmadi sen oʻqi. Men bormagan joylarga sen bor, men borganday bo‘laman” degan so‘zlar Barnoning hayotiy shioriga aylandi. Bu ishonch va mehr uni nafaqat soha tanlashga, balki kuchli, halol va haqqoniy jurnalist bo‘lishga ilhomlantirdi.

Yutuqlar va izlanishlar

Barno animatsiya sohasi bo‘yicha, “O‘zgarish nuqtasi” loyihasidan va to‘quvchilik bo‘yicha sertifikatlarga ega. Hozirda til bo‘yicha ham bilimini sertifikat bilan mustahkamlash ustida ishlamoqda. U jurnalist sifatida nohaqliklar, noto‘g‘ri munosabatlar va adolatsizliklarga befarq bo‘lmaslikka, haqiqatni yetkazishga intiladi.

Hayotiy qarashlar va qiziqishlar

Barnoning hayotiy prinsipida bir qiyos bor:

“Kamon ham orqaga tortilmasdan nishonga tegmaydi.”

Bo‘sh vaqtida u jahon va o‘zbek adabiyotidan kitoblar o‘qiydi, animatsion qisqa videolar va multfilmlar yaratadi, hikoya va matnlar yozadi. Telegram blogi yuritadi, tug‘ilgan kun tabriklarini tashkillashtiradi, qo‘l mehnati bilan yumshoq o‘yinchoqlar to‘qib biznes qiladi.

Liderlik va kelajak maqsadlar

Barnoning fikricha, kuchli lider — o‘ziga ishongan va jamoa bilan samarali ishlay oladigan inson. Liderlik uchun ichki ishonch, doimiy o‘z ustida ishlash, ochiq va samimiy muloqot zarur. U kelajakda halol va kuchli jurnalist bo‘lish, mualliflik loyihasini yaratish va onasining ishonchini oqlashni maqsad qiladi.

Yoshlarga murojaat

Barnoning yoshlarga aytadigan motivatsion fikri:

“Hayot seni ba’zan orqaga tortadi. Bu seni to‘xtatish uchun emas, balki ichki kuchingni yig‘ib, eng uzoq parvozingni boshlashing uchun.”

Hoziroq ariza qoldirish