Liderlar 1.0 arxivi

SA'DULLAYEVA NAFISA G'ULOMJON QIZI

<strong>Adolatga sodiq, xalqaro sahnaga intilayotgan yosh huquqshunos</strong>

8 avgust, 20252 daqiqalik o'qishHuquq
SA'DULLAYEVA NAFISA G'ULOMJON QIZI
Sa'dullayeva Nafisa G'ulomjon qizi — Adolatga sodiq, xalqaro sahnaga intilayotgan yosh huquqshunos

Tug'ilgan sana: 8-may, 2006-yil

Tug'ilgan joy: Surxondaryo viloyati, Denov tumani

Yashash joyi: Surxondaryo viloyati, Denov tumani

Ta'lim: Tashkent International University, Xalqaro huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi

Soha: Yurisprudensiya, xalqaro huquq

Sa'dullayeva Nafisa G'ulomjon qizi — yurt taraqqiyoti uchun tinmay izlanayotgan, xalqaro maydonda O'zbekiston nomini munosib himoya qilishga bel bog'lagan, bilimdon, iqtidorli va intiluvchan yosh vakilidir. Nafisa bugungi kunda Tashkent International Universityda Xalqaro huquq yo'nalishi bo'yicha tahsil olib, o'z ustida muntazam ishlamoqda.

U Denov tumanidagi 10-sonli ixtisoslashtirilgan maktabni oltin medal bilan tamomlagan. "Vatan tayanchi" ko'krak nishoni sohibasi, "Juntos Por Las Letras" (Argentina) yozuvchilar uyushmasi a'zosi va "International Grants" loyihasi Alumni doirasiga kirgan. 20 dan ortiq xalqaro grantlar sohibasi sifatida u yoshlarga grant arizalari, motivatsion xatlar yozish va imkoniyatlarni izlashda yordam ko'rsatib kelmoqda.

Ilm, ijod va liderlik sari yo'l

Nafisa "Yosh tadqiqotchilar" klubi, TIU ijodiy klubi, "Lex mentis" debat klubi, "Smart Group" va "Future Lawyers" zakovat klublari a'zosi sifatida faoliyat olib boradi. U viloyat miqyosidagi fan olimpiadalarining faxrli g'olibasi, "Zakovat" o'yinlarida bir necha bor g'olib bo'lgan.

Shuningdek, u ko'plab respublika va xalqaro tanlovlarda — "Ona tilim jon-u dilim", "Biz korrupsiyaga qarshimiz!", "Mening nurli ijodim", "Vazirga maktub" — faxrli o'rinlarni egallagan. U "Qizlar ovozi" klubining faol a'zosi, turli tadbirlarning boshlovchisi sifatida ham ijtimoiy hayotda faol qatnashadi.

Ilhom, prinsip va maqsad sari qadamlar

Uning eng katta ilhom manbai — onasi. Nafisa hayotda mehnatsevarlik, sabr-toqat va halollikni qadrlaydi. Shiori: "Inson o'z umrining egasi bo'lishi kerak, aks holda umr uni boshqaradi!"

Bo'sh vaqti — u uchun bekorchilik emas, balki o'zini rivojlantirish, huquqiy va motivatsion kitoblar o'qish, ingliz, turk va koreys tillarini chuqur o'rganish, boshqa yoshlarga yordam berish vaqtidir. Huquqiy maslahatlar berish, yoshlarni haqiqatni himoya qilishga undash — uning hayot falsafasiga aylangan.

Chin yetakchilik — ichki barqarorlikda

Nafisaning fikricha, haqiqiy lider — ichki jimjitlikda barqaror harakat qila oladigan insondir. Uningcha, o'z qadriyatlariga sodiqlik, prinsipiallik va o'zini yenga olish — yetakchilikning asosi. U "Tashqi shovqinlar ichida ham ichki kompasiga ergashganlar" liderlikka munosibdir deb hisoblaydi.

Kelajak sari qat'iy qadamlarda

Nafisaning kelajakdagi rejalari aniq: xalqaro miqyosda tan olingan yurist bo'lish, huquqiy madaniyatni oshirish, magistratura bosqichini xorijda davom ettirish. U faqat o'z yutuqlari bilan emas, balki boshqalarga ochib bergan yo'llari orqali jamiyatda iz qoldirishni maqsad qiladi.

Uningcha, boshqalar undan prinsipiallik, o'z ustida ishlash va boshqalarga yordam qo'lini cho'zishni o'rganishlari mumkin. Har bir harakati reja, vaqt va mas'uliyat bilan uyg'un. U yoshlarga shunday murojaat qiladi:

"O'z yo'lingizni hech kimga qarab emas, o'z qadriyatlaringizga qarab tanlang. Harakat qiling — hatto sekin yurayotgan bo'lsangiz ham, yo'ldasiz emassiz!"
Hoziroq ariza qoldirish