Liderlar 1.0 arxivi

SHERZODOVA XULKAR SHERZOD QIZI

Yosh ijodkor | Yozuvchi | Yosh lider

8 avgust, 20252 daqiqalik o'qishTa'limTashkilotchilik
SHERZODOVA XULKAR SHERZOD QIZI

Sherzodova Xulkar Sherzod qizi

Yosh ijodkor | Yozuvchi | Yosh lider

Tug‘ilgan sana:

6-aprel, 2001-yil

Tug‘ilgan joy:

Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, Sultonobod MFY

Ta’lim:

  • Bakalavr: Toshkent Davlat transport universiteti, Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti
  • Magistratura: Toshkent davlat transport universiteti, Harakat xavfsizligini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi

Faoliyat:

  • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi
  • She’riy to‘plamlar muallifi
  • 2019–2021-yillarda “O‘zbekiston” Lokomotiv deposida texnik texnolog, yoshlar ittifoqi koordinatori, pasportist
  • 2023–2024 o‘quv yilida Temir yo‘ldan texnikaviy foydalanish qoidalari fanidan maxsus fan o‘qituvchisi

Yutuq va E’tiroflar:

  • 2012-yildan boshlab bir qator she’riy to‘plamlar nashr ettirgan:
  • “Sho‘x kapalak”, “Buvimning ertaklari”, “Munavvar tong”, “Vatan madhi”
  • 2017-yil — Temir yo‘l tizimi bo‘yicha Zebolar baxsi Respublika tanlovi — 1-o‘rin
  • 2019-yil — Zulfiya nomidagi davlat mukofoti (adabiyot yo‘nalishi)
  • 2025-yil — Jolon Mamytov nomidagi xalqaro mukofot (Turksoy, Turkiy davlatlar tashkiloti)

Ilhom va Hayotiy Falsafa:

Xulkar hayotida eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar — buvisi, bobosi va onasi. Ayniqsa onasidan sabr, halollik va mehnatsevarlikni o‘rgangan. Uning hayotiy falsafasi:

“Inson o‘z umrining egasi bo‘lishi kerak, aks holda umr uni boshqaradi.”

Liderlik Qarashi:

“Liderlik — bu boshqalarni ilhomlantirish, jamoa bilan ahil bo‘lish, har sohada faollik va tashabbuskorlik.”

Xulkar uchun liderlik — bu birinchi navbatda tavakkal qilishdan cho‘chimaslik. Har qanday sinovda o‘zini yo‘qotmaslik va jamoani oldinga ergashtirish qobiliyatidir.

Kelajakdagi Maqsadlar:

  • Jamiyatga foyda keltiradigan, aqlan va jismonan yetuk shaxs bo‘lish
  • Ilmiy tadqiqotlar o‘rganish, huquqiy bilimlar orqali ijtimoiy islohotlarda ishtirok etish
  • Yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish, adolat va qadriyatlar ustuvor bo‘lgan yetakchilikka erishish

Shaxsiy Hayot va Qiziqishlar:

  • Badiiy va siyosiy kitoblar mutolaasi
  • Ilmiy tadqiqotlar o‘rganish, qo‘lyozmalarni tahlil qilish
  • To‘qish, teatrga borish va do‘stlar bilan intellektual munozaralar

Hayotiy prinsip va shior:

“Har qanday vaziyatda ham Allohga tavakkul qilib, doim olg‘a borish.”

“Harakat qilsang — imkoniyatlar o‘z-o‘zidan ochiladi.”

Hoziroq ariza qoldirish