Liderlar 1.0 arxivi
A'ZAM UMAROV SANJAR O'G'LI
texnologiyalar va ta’lim chorrahasida o‘sayotgan yosh mutaxassis

A’zam Umarov — texnologiyalar va ta’lim chorrahasida o‘sayotgan yosh mutaxassis
Tug‘ilgan sana: 13-yanvar 2000-yil
Tug‘ilgan joy: Toshkent shahri
Yashash joyi: Toshkent shahri, Olmazor tumani
Faoliyat sohasi: Axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes boshqaruvi
Ta’lim:
- Bakalavr — Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Biznes axborot texnologiyalari yo‘nalishi (2022-yil bitirgan)
- Magistratura — Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Xalqaro biznes boshqaruvi yo‘nalishi (2026-yil bitiradi)
Karyera boshlanishi va tajriba orttirish
A’zam Umarov axborot texnologiyalari va ta’lim sohasidagi faoliyatini 2019-yilda konsulting firmada boshlagan. U ilk ish tajribasidan boshlab yangi g‘oyalar va amaliy loyihalarga qiziqdi, o‘z malakasini oshirish uchun muntazam izlanishda bo‘ldi. Hali katta yutuqlarini qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, uning qat’iyati, izchil ishlashi va bilimga chanqoqligi kelajakdagi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor yaratmoqda.
Hayotiy tamoyillar va shaxsiy sifatlar
Umarov ochiqlik, pozitivlik va rostgo‘ylikni hayotiy qadriyatlari sifatida belgilagan. Har qanday vaziyatda sokinlikni saqlash va qarorlarni aql bilan qabul qilish uning muhim liderlik sifatlaridan biridir. U hayotdagi turli vaziyatlar va tajribalarni o‘zini shakllantiruvchi eng katta omil deb biladi.
Qiziqishlar va faoliyat doirasi
A’zam bo‘sh vaqtida blogerlik bilan shug‘ullanadi, o‘z fikrlari va tajribalarini keng auditoriya bilan baham ko‘radi. Ish va o‘qishdan tashqari turli faoliyatlarda faol qatnashadi: ambassador, brand face va volontyorlar kuratori sifatida turli loyihalarda ishtirok etadi. Bu esa uning ijtimoiy faolligi va yangi sohalarda o‘zini sinab ko‘rishdan cho‘chimaydigan xarakterini ko‘rsatadi.
Kelajak maqsadlari
A’zam Umarovning eng katta orzularidan biri — o‘z jamoasini shakllantirib, yirik loyihalar ustida ishlash. U axborot texnologiyalari sohasiga kirish yo‘llari, yirik jamiyatlar bilan ishlash tajribasi va startap yaratish bo‘yicha o‘z bilimlarini boshqalarga ham ulashishni niyat qiladi.
Shiori
“Agar biror ishni qilish yoki boshlash niyatingiz bo‘lsa, hoziroq boshlang. Kimnidir yoki ‘ideal vaqt’ni kutmang — ideal vaqt hozirning o‘zidir.”
