Liderlar 1.0 arxivi
SHAMSIDDINOV ZAYNIDDIN SHAMSIDDIN O‘G‘LI
Biznes Diplomat | Xalqaro biznes mutaxassisi | Biznes etiket eksperti | Yosh lider

Shamsiddinov Zayniddin Shamsiddin o‘g‘li
Biznes Diplomat | Xalqaro biznes mutaxassisi | Biznes etiket eksperti | Yosh lider
Tug‘ilgan sana: 27-iyun, 2004-yil
Tug‘ilgan joy: Namangan shahri
Yashash joyi: Toshkent shahri
Ta’lim: MDIST, Teeside University, Xalqaro biznes yo‘nalishi, bakalavr darajasi
Faoliyat: Tashqi iqtisodiy munosabatlar mutaxassisi, biznes etiket bo‘yicha ekspert
Ilk qadamlar va faoliyat boshlanishi
Zayniddin — yosh bo‘lishiga qaramay xalqaro biznes, tashqi iqtisodiy munosabatlar va biznes etiket sohalarida o‘z o‘rnini topgan, yoshlar orasida ham, professional muhitda ham yetakchi sifatida tanilib borayotgan mutaxassisdir.
Uning faoliyati 2023-yilda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasida boshlangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida tashabbuskorligi va bilimdonligi tufayli 2025-yil 15-avgustga qadar tashkilotning Ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritdi. Bu davr mobaynida u xalqaro aloqalarni rivojlantirish, biznes uchrashuvlar tashkil etish va yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar yaratishda faol ishtirok etdi.
Sertifikatlar va malaka yutuqlari
Zayniddin o‘zining bilim va tajribasini doimiy ravishda boyitib kelmoqda. U turli xalqaro tashkilotlar, akademiyalar va kurslarda ishtirok etib, quyidagi yutuqlarga erishdi:
- O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi tomonidan berilgan Biznes Diplomat sertifikati;
- O‘zbekiston-Turkiya Savdo uyi — B2B uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul shaxs sertifikati;
- O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, MUN Tashkent, TDIU-Model of United Nations qatnashchisi sifatida xalqaro diplomatik tajribalar;
- USAID, Qozog‘iston Savdo palatasi, Accelor Limited hamkorligida o‘tkazilgan ADAPT dasturini tugatgan;
- CIPE, International Business Council va Regional PPD Academy tomonidan o‘tkazilgan 24 soatlik “Regional Public-Private Academy” kursi sertifikati;
- STS, PMI — Project Management Training Professional with Simul Train sertifikati;
- O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va UNESCO tomonidan o‘tkazilgan “World Conference of Early Childhood Care and Education (WCECCE)”da volontyorlik faoliyati uchun sertifikat.
Bu yutuqlar Zayniddinning xalqaro miqyosda biznes diplomatiyasi va iqtisodiy munosabatlarda yetuk mutaxassis sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi.
Ilhom manbalari va hayotiy qadriyatlar
Zayniddinning hayotida eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar — uning ota-onasi. Ularning tarbiyasi, qo‘llab-quvvatlashi va singdirgan qadriyatlari bugun Zayniddinni halollik va adolatni eng oliy fazilat deb biladigan shaxs sifatida shakllantirdi.
“Menga atalgan narsa baribir meniki bo‘ladi, har bir sinov esa meni yanada yaxshiroq yo‘lga olib chiqadi.”
Bu uning hayotiy prinsipidir. Uning nazarida inson chin dildan istagan narsasiga albatta erisha oladi, faqat taslim bo‘lmasligi kerak.
Faoliyatidan tashqaridagi qiziqishlari
Zayniddin nafaqat biznes olamida, balki shaxsiy hayotida ham faol:
- Kitob mutolaasi, sport (tennis, yugurish, zal mashg‘ulotlari);
- Kino tomosha qilish;
- Innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish.
Shu bilan birga u Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 35 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lib, biznes etiket, muzokara san’ati va imidj masalalarida muntazam ma’lumotlar ulashadi. Bu orqali u yoshlarga bilim berish, jamiyatda biznes madaniyatini shakllantirish va xalqaro standartlarga mos ko‘nikmalarni targ‘ib etmoqda.
Maqsad va orzular
Zayniddinning maqsadlari ulkan va aniq:
- Forbes till 30 jurnaliga kirish;
- Xalqimiz uchun manfaatli loyihalarni amalga oshirish;
- Biznes etiket bo‘yicha yetakchi coach bo‘lish va shu orqali dunyoga tanilish;
- Innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etib, O‘zbekistonni global miqyosda obro‘li biznes markazlaridan biriga aylantirish.
Zayniddin — yoshlar uchun ilhom
Bugun Zayniddin Shamsiddinov o‘z faoliyati bilan bir narsani isbotlamoqda: halollik, qat’iyat va bilim bilan dunyoda o‘z o‘rningni topish mumkin.
U yoshlarga shunday maslahat beradi:
“Faqat oldinga qarab yuring, hech qachon taslim bo‘lmang. Agar inson biror narsani chin dildan istasa, unga albatta erishadi. Atrofdagilarning gapiga e’tibor bermang — rivojlanishni davom ettiring.”
Shamsiddinovning bugungi yo‘li shuni ko‘rsatmoqdaki, yoshlar o‘ziga ishonsa, xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin. U nafaqat xalqaro biznes mutaxassisi, balki jamiyat uchun foyda keltiruvchi biznes diplomat sifatida kelajakka dadil qadam tashlamoqda.
