Liderlar 1.0 arxivi

ABDULLAYEVA RUSHANA RAVSHAN QIZI

Yosh jurnalist | Ijtimoiy faol | O‘zgarishlarga intiluvchi

5 avgust, 20253 daqiqalik o'qishOAV
ABDULLAYEVA RUSHANA RAVSHAN QIZI

Abdullayeva Rushana Ravshan qizi

Yosh jurnalist | Ijtimoiy faol | O‘zgarishlarga intiluvchi

Tug‘ilgan sana: 8-iyun, 2000-yil

Tug‘ilgan joy: Andijon viloyati, Buloqboshi tumani

Hozirgi yashash joyi: Toshkent shahar, Sergeli tumani

Ta’lim: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 3-kurs talabasi

Faoliyati:

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi muhbiri
  • Respubilka bosqichi Zomin seminari ishtirokchisi
  • Respublika faol ijodkor yoshlar nominatsiyasi g‘olibi

Rushananing Professional Rivojlanishi va Yangi Maqsadlar

Abdullayeva Rushana jurnalistika sohasidagi qiziqishlarini yoshligidan shakllantira boshlagan. Uning faoliyati 19 yoshidan boshlanib, Vatanparvar Post gazetasi orqali boshlangan maqolalari bilan jamiyatga hissa qo‘shgan. Bugungi kunda u Favqulodda vaziyatlar vazirligida faol muhbir sifatida ishlaydi. O‘zining ilhomlantiruvchi ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Rushana, shuningdek, respublika bosqichi Zomin seminari ishtirokchisi sifatida tanilgan.

Rushananing eng katta yutuqlaridan biri — Respublika faol ijodkor yoshlar nominatsiyasidagi g‘olibligi. Bu yutuq uning mehnati va harakatlarini keng jamoatchilik tomonidan tan olishning yana bir isbotidir. "Hayotimda mana shunday galabalar" deydi u, "erishishimda ota-onamning duolari hamda mehnatlari katta."

Uning 200 dan ortiq maolalari OAV da nashr etilgan.

Hayotiy Falsafa va Shaxsiy Qadriyatlar

Rushana o‘zining muvaffaqiyatlari va yutuqlarini faqat o‘ziga bo‘lgan ishonch va qat’iyatlilik bilan izohlashni afzal ko‘radi. U o‘z hayotida salbiy yoki negativ gaplar bilan shug‘ullanishni, pastkash insonlar bilan urushishni to‘g‘ri deb bilmaydi. "Menga salbiy yoki negativ gaplari orqasidan quvib yurish yoki pastkash insonlar bilan urushish tarbiyamga to‘g‘ri kelmaydi," deydi u.

Uning fikricha, haqiqiy inson bo‘lish uchun ko‘p tajriba va hayotga chuqur qarash zarur. "Real inson bo‘lishi uchun ko‘p tajriba, hayotga chuqur qarash, e’tibori va shubhali narsani sezishda xolisona mehnatda aql bilan ish tutish kerak," deydi Rushana.

Kelajakka Qarash va Orzular

Rushana o‘zining kelajagini faqat shaxsiy rivojlanish bilan cheklamaydi, balki butun xalqiga ma’naviyat ulashish, ilmiy sohada o‘zini yanada yuksaltirish va ota-onalarini haj safariga yuborish kabi ulkan maqsadlar belgilagan. "Kelajakdagi rejalarim ota-onalarimni haj safariga yuborish, magistiraturamni chet elda o‘qish, diplom hamda ilmiy ishimni Turkiyada himoya qilishni maqsad qilgan.

Rushananing hayotida ikkiyuzlamachilik va soxtalikni rad etish — uning tamoyillaridan biridir. "Tajriba harakatchanlikni hamda soxtalik, ikkiyuzlamachilikdan yiroq yurishni afzal ko'radi. Bu hayotiy qoidalar uning muvaffaqiyatga bo‘lgan yo‘lini aniq belgilaydi.

Shaxsiy Tushunchalar va Falsafalar

Rushana shaxsiy hayotiga va faoliyatiga yondashishda qat’iyatli va o‘zining haqiqatiga sodiq qolishga harakat qiladi. U o‘zining boshqaruv va rejalashtirishda juda qat’iyatli. Va yoshlar va insonlarni to'xtamaslikka chorlaydi.

O‘zining shaxsiy maqsadlariga erishish yo‘lida, "Reja ish bermasa, rejani o‘zgartiring, maqsadni emas," degan falsafaga amal qiladi. Har bir muammoga yondashishda Rushana aql va bilim yordamida harakat qilishni afzal ko‘radi.

Insoniy Qadriyatlar va Yoshlarga Nasihat

Rushana yoshlarni o‘z orzulariga erishish uchun harakat qilishga va vaqtni behuda sarflamaslikka chaqiradi. "Maqsadlaringizni aniq qoying, sinovlar kelsa, aqlingiz, bilimingiz yordami bilan yengishga harakat qiling," deya yoshlarni shijoatini oshirishga harakat qiladi.

Uning fikricha, yoshlar mamlakatning kelajagini belgilashda katta rol o‘ynaydi, va ular uchun har bir qadam, har bir qaror katta ahamiyatga ega.

"Muhtaram prezidentimiz yoshlar bizning oltin qanotlarimiz deya ta'kidlaganidekdegan shu nomga munosib bolaylik" deya ta'kidlaydi Rushana

Hoziroq ariza qoldirish