Liderlar 1.0 arxivi
MUSAKHANOVA GULMIRA SOBIRJANOVNA
Bo’lajak yurist | Ijtimoiy faol yosh I O‘z ustida ishlovchi , izlanuvchi |
4 avgust, 20253 daqiqalik o'qishHuquqTashkilotchilikEzgulik

Musakhanova Gulmira Sobirjanovna
Bo’lajak yurist | Ijtimoiy faol yosh I O‘z ustida ishlovchi , izlanuvchi |
Tug‘ilgan sana: 12-dekabr, 2006-yil
Tug‘ilgan joy: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani
Ta’lim: Toshkent davlat yuridik universiteti, Xususiy huquq fakulteti/
Til: Ingliz tili (B2) , rus tili ( so’zlashuv darajasida ) turk tili (B1)
Faoliyati: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudida amaliyotchilik, Yuridik klinika volontyori, Aspire Institute dasturi ishtirokchisi
U yurist bo‘lishni orzu qilganida hali maktabda edi. Bugun esa – orzusiga ilk qadamlarni atrof-muhitiga foyda keltirish orqali tashlayapti. Musakhanova Gulmira Sobirjanovna – Kasbi tumanida tug‘ilgan, ammo orzularini maqsadga aylantirish yo’lida chegaralarni buzgan , huquq sohasi orqali insoniyatga xizmat qilishni maqsad qilgan yoshavlod vakillaridan biri .
2025-yil iyunidan boshlab, u o‘zining ilk amaliy faoliyatini sud tizimida – Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudida yordamchi sifatida boshladi. Bu — nafaqat o‘rganish, balki xalq ishonchini qozonish yo‘lidagi mas’uliyatli bir boshlanish edi.
Uning o‘zi aytganidek:
“Hech kimni past ko‘rmaslik va har doim insoniylikni saqlash” — bu uning yurist sifatidagi prinsipidir. Chunki qonun oldida hamma teng va yurist inson — huquqiy tenglik posboni bo‘lishi kerak.
O‘z ustida ishlash — uni ajratib turadigan kuch
Gulmiraning eng yorqin jihatlaridan biri — o‘zini o‘zi o‘stirishga bo‘lgan sadoqatidir. U ingliz tilidan milliy sertifikat (B2) darajasiga ega, yozgi tatilda esa mustaqil o‘rganish orqali turk tilini B1 darajagacha o‘rgangan. Shu bilan birga, IELTS, Multilevel, turk tili imtihonlariga tayyorlanish, “Qizlar ovozi” klubiga qo‘shilish, yoshlar parlamenti a’zoligiga nomzod bo‘lish — bularning barchasi uning rejalar ro‘yxatidagi yaqin harakat yo‘nalishlaridir.
U o‘zini faqat o‘quvchi emas, o‘rganuvchi va boshqalarga ilhom beruvchi sifatida tasvirlaydi. “Yutqazgan paytimda ham orqaga qaytmayman”, deydi u. Aynan shu matonat unga “Yuridik klinika”da volontyorlik qilish, Huquq maktabi, Aspire Institute loyihalarida ishtirok etish, hatto Harvard va Germaniyaning nufuzli universitetlari o‘qituvchilari bilan darslarda qatnashish imkonini bergan.
Hayotiy ilhom — ota-ona siymosida
Bugungi Gulmiraning qat’iyati, sabr-toqati va fidoyiligi — bu xotiralardan o‘sib chiqqan kuch. U hayotda eng katta ilhomni — otasi va onasidan olgan.
“ Meni har doim kuchli bo‘lishga o‘rgatgan inson bu mening otam va onam . Doim meni qarorlarimni hurmat qilib qo’llab kelayotgan insonlar . Men yutqazgan paytlarimda ham doim meni qo’llab quvvatlab kelgan jonli mativatorlarim . Ular oilamiz uchun ko’p fidoyilik qilgan. Men ham hayotimda ularning bu xislatlarini davom ettirishga harakat qilaman,” — deydi Gulmira.
Shu bois bugun u bilimga intiladi, adolatga xizmat qiladi va harakatni to‘xtatmaydi. Gulmira uchun bu yo‘l — shunchaki shaxsiy muvaffaqiyat emas, balki Vatanga bo‘lgan sadoqat ifodasi hamdir.
Kitob, maqola va G‘afur G‘ulom ilhomi
Bo‘sh vaqt degan tushuncha Gulmira hayotida deyarli mavjud emas. U yangi qonun hujjatlari, badiiy adabiyotlar, ayniqsa G‘afur G‘ulom ijodi bilan doimiy tanishib boradi. Hozirda universitetdagi G‘afur G‘ulom nomidagi stipendiya uchun harakat qilmoqda. Shuningdek, u huquqiy tahlillar va adabiy izlanishlar asosida maqolalar yozadi — bu esa uning fikrlash doirasining kengligidan darak beradi.