Liderlar 1.0 arxivi
SOBIROV ZIYOVIDDIN PO‘LATJON O‘G‘LI
Talaba | Tibbiyot izdoshi | Yosh yetakchi | Ilmiy izlanishlar tashabbuskori

Sobirov Ziyoviddin Po‘latjon o‘g‘li
Talaba | Tibbiyot izdoshi | Yosh yetakchi | Ilmiy izlanishlar tashabbuskori
Tug‘ilgan sana: 26-avgust, 2005-yil
Tug‘ilgan joy: Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani
Yashash joyi: Andijon shahri
Ta’lim:
- To‘raqo‘rg‘on tumani 37-sonli umumta’lim maktabi (oltin medal sohibi)
- To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan agentlik maktabi
- Andijon davlat tibbiyot instituti, Pediatriya fakulteti (2023-yildan talaba)
Faoliyati:
- Yosh jadidlar ilmiy tadqiqotlar markazi Andijon viloyati koordinatori
- “Doctors_School” onlayn tibbiyot o‘quv markazi rahbari
- “Best Doctors” onlayn ta’lim markazi o‘qituvchisi
- “Birgamiz” hayriya fondi tashkilotchilaridan biri
- Intellektual yoshlar klubi va Yosh islohotchilar kengashi a’zosi
- “Yosh ekologlar qanoti” volontyori
Ilk qadamlar va ilmiy izlanishlar:
Ziyoviddinning yo‘li maktab davridayoq izlanish, intellektual bellashuv va ijodiy faoliyat bilan boshlandi. U Respublika “Zakovat” intellektual o‘yinining faol ishtirokchisi, “Yoshlar va qonun” ko‘rik tanlovi, “Ko‘hna Turon qadim Turkiston – ona yurtim jon O‘zbekiston” tadbiri g‘olibi, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan.
Shuningdek, u 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, ilmiy va xalqaro konferensiyalarda faol qatnashgan, turli diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Yutuqlar va e’tiroflar:
- MDH davlatlari tomonidan “Lider Budushchego” ko‘krak nishoni;
- “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishoni;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi stipendiyasi va minnatdorlik xati;
- Andijon davlat tibbiyot instituti stipendiyanti;
- Turli ko‘rik-tanlov va loyihalar g‘olibi.
Ziyoviddinning mehnatsevarligi va qat’iyati uni yosh bo‘lishiga qaramay jamiyatda faol yetakchilardan biriga aylantirdi.
Ilhom manbalari va qadriyatlari:
“Hech qachon taslim bo‘lma, chunki har bir qiyinchilik – bu yangi imkoniyat.”
Ziyoviddin uchun eng katta ilhom manbai ota-onasi. Ularning halolligi, sabr-toqati va mehnatkashligi uning hayotiy yo‘lida tayanch bo‘lib kelmoqda.
Uning fikricha, haqiqiy liderning eng muhim fazilatlari — mas’uliyat, adolat va insonlarga yo‘l ko‘rsata olish qobiliyatidir.
Orzulari va kelajak sari:
Ziyoviddinning eng katta maqsadi — O‘zbekiston tibbiyotini yangi bosqichga olib chiqish. U kelajakda shunday ilmiy va amaliy salohiyatga ega bo‘lishni istaydiki, murakkab operatsiyalar va ilg‘or davolash usullari mamlakatimizda rivojlansin.
“Mening eng katta orzuim — Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib, yurtim tibbiyotini yangi bosqichga olib chiqishdir.”
Yoshlar uchun murojaat:
“Vaqtni qadrlang, bilim olishga intiling va har qanday qiyinchilikda sabrli bo‘ling. Mehnat qilgan odamning orzusi albatta ro‘yobga chiqadi.”
