Liderlar 1.0 arxivi
OTABEK BOTIROVICH TURDIBOYEV
Dasturlash va media olamida o‘z yo‘lini topgan yosh mutaxassis<br /><br />
12 avgust, 20252 daqiqalik o'qish

Otabek Turdiboyev — Dasturlash va media olamida o‘z yo‘lini topgan yosh mutaxassis
Tug‘ilgan sana: 28-mart 2005-yil
Tug‘ilgan joy: Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani
Yashash joyi: Toshkent shahar, Yunusobod tumani
Ta’lim: 220-maktab bitiruvchisi; “IT Park” Mirzo Ulug‘bek filiali — “Creating Android Applications” kursi (2023); Alfraganus University, Raqamli texnologiyalar fakulteti, Dasturiy injiniring yo‘nalishi (bakalavr)
Ilm va texnologiya yo‘lidagi izlanishlar
Otabek Turdiboyev — yosh bo‘lishiga qaramay dasturlash, media va grafik dizayn sohalarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli mutaxassis. 2023-yilda Android ilovalar yaratish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lib, shu yildan boshlab Alfraganus universitetida o‘qishni boshlagan. U yerda nafaqat talaba, balki Matbuot bo‘limida muxarrir-tarjimon sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Faoliyat va qiziqishlar
Dasturlashga ilk qadamini ikki yil avval qo‘ygan Otabek bugun o‘z bilimini amaliyot bilan boyitib kelmoqda. Muxarrir-tarjimonlik va grafik dizayn bo‘yicha bir yillik tajribaga ega. U o‘z ustida ishlashni hech qachon to‘xtatmaydi, bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va dasturlashdagi yangi bilimlarni o‘zlashtirishga sarflaydi.
Ilhom manbalari va hayotiy qarashlar
Ota-onasi Otabek hayotida eng katta ilhom va motivatsiya manbai bo‘lib kelmoqda. Ulardan qat’iyat, sabr va hayotiy tajribani o‘rgangan. Uning shiori oddiy, ammo kuchli:
“Harakat, harakat va yana harakat!”
Liderlik uchun eng muhim fazilat sifatida hurmat, yordamga tayyorlik, intizom, qat’iyat va o‘z fikriga boshqalarni ishontira olishni e’tirof etadi.
Kelajak sari qarash
Otabekning orzusi — kuchli dasturchi bo‘lib, insonlar uchun yanada qulay xizmatlarni yaratish. U intizom va sabr orqali yuksalishga ishonadi, muvaffaqiyatni esa ketma-ket tajriba orttirish orqali qo‘lga kiritish mumkin deb biladi.
Hayotiy tajriba va maslahatlar
Otabekning fikricha, inson o‘zini qiziqtirmagan sohaga majburan kirib ketmasligi kerak. Chunki haqiqiy baxt va armonsiz hayot — orzularni amalga oshirishda. U shunday deydi:
“Inson bir kunda 9-qavatga chiqib qolmaydi. Hamma narsaga sabr, izchillik va tajriba orqali erishiladi. Eng muhimi — maqsadga yetmaguncha harakatni to‘xtatmaslikdir.”