Liderlar 1.0 arxivi

BARATOV ABDUROHMAN XUSAN O‘G‘LI

SMM mutaxassisi | Mobilograf | Rejissor | Kontent yaratuvchisi | Yosh ijodkor

31 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
BARATOV ABDUROHMAN XUSAN O‘G‘LI

Baratov Abdurohman Xusan o‘g‘li

SMM mutaxassisi | Mobilograf | Rejissor | Kontent yaratuvchisi | Yosh ijodkor

Tug‘ilgan sana: 3-aprel, 2006-yil

Tug‘ilgan joy: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

Yashash joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani

Ta’lim: Najot Ta’lim maktabi, O‘rta maxsus ta’lim

Faoliyati: SMM mutaxassisi, mobilograf, operator, rejissor, kontent yaratuvchisi

Abdurohman Baratov — yosh bo‘lsa-da, o‘zining intilishi va mehnati bilan media va ijod sohasida tanilgan ijodkorlardan biri. U Najot Ta’lim maktabida o‘qib, bu yerda SMM Pro bo‘yicha eng yuqori darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi va qisqa fursatda o‘zining professional mahoratini isbotladi.

Bugun u @saazgram, @lolaofficial, @uzairways, @lalihome, @lalifashion, @sanart.tv, @aral.culture.summit, @acdf.uz, @said.kreative, @urikguli, @jazzirama, @sanart.mag, @munisarizayeva, @nrg_uzbekistan, @tashkentctymall va boshqa mashhur sahifalar bilan hamkorlik qilib, reels, stories va BTS loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu uning media bozorida yetarlicha tan olinayotganini ko‘rsatadi.

Burilish nuqtasi – karantin davri:

Abdurohman hayotidagi eng katta burilish karantin davrida yuz berdi. O‘sha yillarda ko‘plab blogerlar va media vakillari ommaga tanildi. Aynan shu pallada unda ham ijodga, kontent yaratuvchilikka, vizual san’atga bo‘lgan qiziqish uyg‘ondi. Shundan beri u tasvir orqali odamlarning qalbiga yo‘l topishni o‘z hayotiy yo‘li deb bildi.

“Tasvir orqali yuraklarga yo‘l topaman!” — deydi u.

Hayotiy falsafa va qadriyatlari:

Baratovning fikricha, inson muvaffaqiyatga faqat intizom va qat’iyat bilan erishadi. Shuning uchun ham u yoshlarga bir haqiqatni takrorlaydi: “Har bir ishni o‘z vaqtida qil!”

U ko‘pincha ijodga berilib, tonggacha ishlaydi. Chunki unga ko‘ra, ijod — bu vaqt bilan emas, ilhom bilan o‘lchanadi. Bo‘sh vaqtlarini ham behuda o‘tkazmaydi: xorijiy tillarda sohasiga oid bilimlarni o‘rganadi, sinovdan o‘tkazadi va o‘z ustida ishlashda davom etadi.

Kelajak sari orzular:

Abdurohman kelajakda “Barotiy Studio” deb nomlanuvchi o‘zining shaxsiy prodakshnini ochishni, shogirdlar yetishtirishni, katta kino va media loyihalarga boshchilik qilishni niyat qilgan. Uning eng katta orzusi — nafaqat ijodkor bo‘lish, balki bu sohada yangicha maktab yaratish.

“Hech qachon to‘xtamang! Bugun o‘xshamasa, ertaga albatta o‘xshaydi,” — deydi u tengdoshlariga murojaat qilib.

Baratov Abdurohman — bu ism bugun yosh, ammo ertangi kunning katta media maydonida porlashga tayyor bir nom. U o‘z yo‘lini mehnat bilan topgan, hech qanday tayyor sharoitsiz, faqat qat’iyat va intizomi bilan cho‘qqiga qarab odimlayotgan yosh.

Uning hayoti orqali bitta haqiqat ayon: “Harakat qilgan insonning orzusi orzu bo‘lib qolmaydi. U albatta reallikka aylanadi.”

Hoziroq ariza qoldirish