Liderlar 1.0 arxivi
NURIDDINOV YAXYOBEK OYBEK O`G`LI
ilm va ta’limdagi yangiliklarga intiluvchi yosh filolog

Nuriddinov Yaxyobek — Ilm va ta’limdagi yangiliklarga intiluvchi yosh filolog
Tug‘ilgan sana: 2-iyul 2004-yil
Tug‘ilgan joy: Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani
Yashash joyi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani
Faoliyat sohasi: Filologiya, ta’lim, tarjima, menejment
O‘qish joyi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 3-bosqich talaba
Ish joyi: OOO “Voice Line” kompaniyasi, ish boshqaruvchi
Ilm sari qat’iy qadamlar
Yaxyobek Nuriddinov bolaligidan ilm va kitobga oshno bo‘lib ulg‘aydi. Bugungi kunda u O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim yo‘nalishida tahsil olib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘rganishga e’tibor qaratmoqda. O‘qish bilan bir qatorda, “Voice Line” kompaniyasida ish boshqaruvchi lavozimida faoliyat yuritib, rahbarlik va tashkilotchilik ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Xalqaro maydondagi faol ishtirok
Yaxyobekning ta’limga bo‘lgan intilishi uni ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy tadbirlarga olib bordi. U Rossiyaning Iqtisodiyot oliy maktabi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Chet tillari va madaniyatlararo muloqot” kursida, “Ruscha so‘z yasalishining dolzarb muammolari” xalqaro konferensiyasida, “Zamonaviy dunyoda rus tili va adabiyoti – 2025” xalqaro ilmiy anjumanida va “Yosh filologiya – 2025” forumida faol qatnashdi. Shuningdek, u Antuan de Sent-Ekzyuperi ijodiga bag‘ishlangan kitobxonlar anjumanida ham ishtirok etib, adabiyot ixlosmandlari e’tiborini qozondi.
Yutuqlar — mehnat va fidoyilik mevasi
Yaxyobek ilmiy va ijodiy faoliyatdagi yutuqlari bilan ham ajralib turadi. “Anor” xalqaro tanlovida yosh filologlar anjumani doirasida Eng yaxshi tarjima uchun 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Rus adabiyoti O‘zbekistonga ta’tilga keldi” Respublika miqyosidagi kvest-o‘yinida esa g‘olib bo‘ldi. Ushbu natijalar uning tarjima mahorati, badiiy didi va til sezgisining yuksakligini ko‘rsatadi.
Shaxsiy fazilatlar va liderlik sifati
Talabalar orasida u mas’ul, faol va tashabbuskor shaxs sifatida tanilgan. Kursdosh va guruhdoshlarining muammolariga befarq bo‘lmasdan, ularga yordam qo‘lini cho‘zadi, bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Jamoada hurmat va e’tibor qozongan, yoshlar orasida ijobiy namuna bo‘la oladigan liderlardan biridir.
Maqsad va hayotiy tamoyil
Yaxyobekning shiori —
“Doim intilishdan to‘xtama — harakatsizlik jar yoqasiga olib boradi!”
Uning oliy maqsadi — zamonaviy chet el pedagogik texnologiyalarini O‘zbekiston maktablariga olib kirish, yangi metodlar asosida yosh avlodga ta’lim berish va milliy ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdir.
Rus adabiyotini miriqib mutolaa qiladigan Yaxyobek, har bir onni unumli o‘tkazish, o‘tgan kundan mamnun bo‘lish va harakatdan to‘xtamaslikni hayot yo‘l tamg‘asi deb biladi.
