Liderlar 1.0 arxivi

AVAZOVA DIYORA ALISHER QIZI

Yosh, ammo katta orzular egasi

13 avgust, 20252 daqiqalik o'qish
AVAZOVA DIYORA ALISHER QIZI

Diyora Avazova — yosh, ammo katta orzular egasi

Tug‘ilgan sana: 17-iyul 2007-yil

Tug‘ilgan joy: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Panji mahallasi

Ta’lim: 91-maktab bitiruvchisi, Jurnalistika universitetiga hujjat topshirgan

Faoliyat sohasi: Yosh jurnalist, ijodkor, xalqaro loyihalar ishtirokchisi

Ilk qadamlar va yutuqlar

Diyoraning jurnalistikaga ilk qadami 2023-yildan boshlangan. Turli tanlovlarda qatnashib, maqola va she’rlarini e’lon qila boshladi. Vaqt o‘tishi bilan u ko‘plab loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etib, yoshlar orasida yetakchi sifatida tanildi.

Bugungi kunda u Qashqadaryo viloyati Yoshlar Parlamenti Faollar jamoasi a’zosi, “Oltin Qanot” volontyori, xalqaro sertifikatlar sohibi. “Perfectly Leaders”, “Yosh Liderlar”, “Bek Academy”, “Yuksalish Leaders” kabi klublar a’zosi. She’rlari Keniya, Misr, Turkiya va O‘zbekiston nashriyotlarida chop etilgan.

Shuningdek, “Yil Tashabbuskori – 2024” tanlovida 2-o‘rinni egallagan, “Istanbul Xalqaro Model BMT” rasmiy delegati, “Osiyo-Tinch okeani yetakchilari sammiti” hamda “Elevate MUN” ishtirokchisi. Azerbayjondagi Shishu Ullash tashkiloti koordinatori, “Yuksak Parvozim” yosh ijodkorlar harakati mediasavodxonlik bo‘yicha rahbar o‘rinbosari.

Ilhom va qadriyatlar

Diyora hayotida o‘ziga yo‘l ko‘rsatgan ustozlar va ilhom bergan shaxslar ko‘p. Ammo uning asosiy ilhomi ota-onasi.

“O‘qi, ertaga ota-onang bu — mening qizim deb faxrlanishi uchun ham o‘qi,” — bu nafaqat uning hayotiy shiori, balki har bir qadami uchun yo‘l xaritasi.

Qiziqishlar va hayot tarzi

Bo‘sh vaqtini Diyora kitob mutolaasiga, musiqa tinglashga, she’r va maqola yozishga bag‘ishlaydi. U jurnalist sifatida nafaqat axborot yetkazishni, balki jamiyatga ta’sir qiluvchi, insonlarni fikrlashga undovchi materiallar yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Liderlik qarashlari va maqsadlar

Diyoraning fikricha, haqiqiy lider jamoani boshqara olish, har sohada ilg‘or bo‘lish va nutq ustida mukammal ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. U kelgusida xalqaro loyihalarda ishtirok etib, sevimli kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, ota-onasi bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, ko‘plab mukofotlar qo‘lga kiritishni rejalashtiradi. Til o‘rganish va bilimni oshirish uning eng ustuvor maqsadlaridan biri.

Yoshlarga murojaat

U yoshlar uchun bir fikrni doimo ta’kidlaydi: “Doim harakat qiling! Bir mag‘lubiyat tufayli orzularingizdan voz kechmang. Harakat to‘xtasa, orzu ham so‘nadi.”

Hoziroq ariza qoldirish