Liderlar 1.0 arxivi
SADULLAYEV ABDULLOH UBAYDULLO O‘G‘LI
Yosh yurist | Ijtimoiy faol | Adolat izdoshi

Sadullayev Abdulloh Ubaydullo o‘g‘li
Yosh yurist | Ijtimoiy faol | Davlat xizmatiga sodiq yosh | Adolat izdoshi
Tug‘ilgan sana: 17-yanvar, 2007-yil
Tug‘ilgan joy: Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati
Ta’lim: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2-kurs talabasi
Faoliyati: Huquqshunos, prokuratura organi amaliyotchisi, davlat xizmatchisi
Adolat, ishonch va ma’suliyat — bu so‘zlar yosh huquqshunos Abdulloh Sadullayev hayotining mezonlariga aylangan. U oddiy oilaning oddiy farzandi sifatida ulg‘aygan bo‘lsa-da, bugun u yurt xizmatiga sodiq, huquqiy bilimlari va faoliyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar safida turadi. Abdulloh hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining 2-bosqich talabasi sifatida o‘qish bilan birga, prokuratura organida amaliyot o‘tamoqda — bu esa uning yoshligidanoq hayotda yo‘lini aniq belgilaganidan dalolatdir.
Adolat izidan boshlanadigan yo‘l:
Abdullohning ijtimoiy faoliyati 2022-yildayoq boshlangan. Qo‘qon shahar madaniyat markazi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda uning tashabbuskorligi, ijtimoiy faolligi va yoshlar bilan ishlashdagi iqtidori ko‘zga tashlangan. Ayniqsa, "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan ezgu tashabbus loyihasidagi ishtiroki — uning yurt tarixiga, el qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini ko‘rsatadi.
Shuningdek, u "Yosh huquqshunos – 2024" tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, huquqiy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazdi. Ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikat, shuningdek ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi esa uning intellektual salohiyati va chet tillariga e’tiborini aks ettiradi.
Yetakchilik yo‘lida: bilim, ishonch va mas’uliyat
“Lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat ishonch va mas’uliyatdir.”
Abdulloh yoshlar yetakchiligi haqida shunday fikr bildiradi. Bu fikr faqat shior emas, balki uning kundalik hayotiy qarashlariga asos bo‘lgan prinsipdir. U ijtimoiy tarmoq va hayotiy maydonlarda yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, huquqiy bilimlar, sertifikatlar olish, til o‘rganish va shaxsiy o‘sish bo‘yicha maslahatlar berib keladi. Ayniqsa, u o‘zi kabi yoshlar uchun foydali bo‘lishni maqsad qilgan — shuning uchun "Ibrat", "Ustoz AI" kabi platformalardan ham foydalanmoqda.
Kitob mutolaasi — uning do‘stiga aylangan. U har bir o‘qigan sahifasini kelajakdagi davlat xizmatiga qo‘yiladigan asos deb biladi. Shaxsiy hayotidagi har bir yutuqni esa ota-onasining ishonchiga javoban qilingan mehnat deb hisoblaydi.
Orzular — shaxsiy emas, umummilliy yuksalishga xizmat qiladi
“Oxirini o‘ylagan hech qachon qahramon bo‘la olmaydi.”
Abdullohning hayot shiori — jasoratga, dadillikka va hozirgi zamon talablariga javob beradigan qat’iyatga asoslangan. U kelajakda dunyo kezib, xalqaro tajriba orttirishni orzu qiladi. Biroq bu orzu — shunchaki shaxsiy manfaatlar emas, balki yurtga foyda keltiradigan, jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan yaxshi yurist va davlat xizmatchisi bo‘lish maqsadidan kelib chiqadi. Uning fikricha, eng katta orzu — ota-onaning roziligini olishdir. Shundan keyingina inson o‘z yurtiga sadoqatli xizmat qila oladi.
“Bugungi qilgan harakatlaring — ertangi hayotingning poydevori. Shunday ekan, poydevorni bugundan qurishni boshlash kerak.”
Abdulloh o‘z hayoti, intilishi va mehnat bilan bitta haqiqatni isbotlamoqda: oddiy oila farzandi ham o‘z ustida ishlasa, irodali bo‘lsa va fidoyilik bilan harakat qilsa — jamiyatda yuqori o‘ringa erisha oladi.
U jamiyatning ertangi yelkasini ko‘tara oladigan yosh vakili. Va bu yelkani yengil emasligini bilgan holda, uni mustahkamlab borayotgan yoshlardan biri sifatida yurt kelajagiga ishonch bilan qaramoqda.
