Liderlar 1.0 arxivi
XURRAMOV ABBOS BAXRAMOVICH
Dramaturg | Teatrshunos | Ssenarist | Pedagog-targ‘ibotchi

Xurramov Abbos Baxramovich
Dramaturg | Teatrshunos | Ssenarist | Pedagog-targ‘ibotchi
Tug‘ilgan sana: 1997-yil 16-fevral
Tug‘ilgan joy: Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Yalti mahallasi
Doimiy yashash joyi: Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani
Vaqtincha yashash joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani
Taxallusi: Abbos XURRAM
Millati: O‘zbek
Ta’lim yo‘li
Abbos Xurramning shakllanish yo‘li izchil ta’lim va tinimsiz izlanishlar bilan bog‘liq:
- 2004–2013 — Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
- 2013–2016 — Sho‘rchi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, “Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo‘yicha murabbiy” yo‘nalishi
- 2018–2022 — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kino, televidenie va radio san’ati fakulteti, “San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi)”
- 2023–2025 — shu institutning Teatr san’ati fakulteti, “Teatrshunoslik” yo‘nalishi, magistratura
- 2026-yildan — San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), mustaqil tadqiqotchi
Mehnat faoliyati
- 2021–2023 — Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 202-umumta’lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi
- 2022–2025 — “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi, uslubchi
- 2025-yildan — Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 131-IDUMda maktab maslahatchisi
Ijodiy faoliyat boshlanishi
Abbos XURRAM 2018-yildan boshlab hikoya, kino ssenariylari va pyesalar yozishni boshladi. Uning ijodiy shakllanishida oliy ta’limdagi ustozlarining o‘rni alohida bo‘lib, ular unga nafaqat nima yozish, balki qanday yozish kerakligini ham o‘rgatgan.
Uning qarashiga ko‘ra, ijod — bu ilhomdan ko‘ra mehnat, sabr va intizom natijasidir.
Yutuqlar va e’tirof
Abbos XURRAM qisqa vaqt ichida o‘zbek teatr va kino san’atida tanilgan ijodkorga aylandi:
- 2016 — “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi, “Eng faol ishtirokchi”
- 2019 — Xiva shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston bahori” II an’anaviy ijod festivali va Zomin seminarida “Dramaturgiya” yo‘nalishi ishtirokchisi
- 2021 — “Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya” doirasidagi “Debyut” yoshlar kinofestivali — “Eng yaxshi ssenariy” g‘olibi
- 2021 — “Yil talabasi” institut bosqichi — 1-o‘rin
- 2022 — “Yilning eng yaxshi dramaturgi” nominatsiyasi g‘olibi
- 2023 — davlat mukofoti bilan taqdirlangan
- 2025 — “Talaba yoshlar festivali”da “Yilning eng faol bitiruvchi magistranti”
- 2025 — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan
Sahnalashtirilgan asarlar
Abbos XURRAM pyesalari respublikaning ko‘plab teatrlarida sahnalashtirilgan:
Qo‘g‘irchoq pyesalari:
- Xo‘roz nega uchmaydi?
- Quyon endi qo‘rqmaydi!
- Aldashni bilmaydigan tulki
- Vegetarian bo‘ri
- Devqomat
- Qo‘riqchi qiz
- Uy nimaga kerak? va boshqalar
Drama pyesalari:
- Ko‘ngil devori
- Odamga qancha yer kerak
- Kim aybdor?
- Hechdan ko‘ra kech
Balet librettolari: Gulira’no, Suv parisi, Dala malikasi
Kino ishlari: “Ro‘mol” qisqa metrajli film
Kitobi: “Aldashni bilmaydigan tulki” (qo‘g‘irchoq pyesalar to‘plami)
Ijtimoiy va ma’rifiy tashabbuslar
Abbos XURRAM tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Jadidlar xiyoboni” hamda jadidlar merosiga bag‘ishlangan kichik kutubxonalar tashkil etildi.
Hayotiy burilish nuqtasi
Uning hayotidagi eng muhim qaror — 19 yoshida o‘z qobiliyatini anglab yetishi bo‘ldi. Ikki yil o‘qishga kira olmagan davrida ham ijoddan voz kechmadi. Otasining “Bu albatta o‘qishi kerak, bizdan ham bitta kal chiqsin” degan so‘zlari uning hayot yo‘lini belgilab berdi.
Bu tanlov bugun uni dramaturg, teatrshunos va ijodkor sifatida tanitdi.
Qarashlari va shiori
- Shiori: Har qanday holatda ham ishonchni yo‘qotmaslik
- Liderlik mezoni: Tartib va intizom
- Yoqlamaydigan jihatlari: Nohaqlik va tabaqalanish
Yoshlarga murojaat
“Siz bu hayotga shunchaki kelmagansiz. Siz qobiliyat bilan tug‘ilgansiz. Uni anglab yetish vaqti keldi. To‘xtang, o‘ylang va o‘zingizdagi iste’dodni toping. Har bir inson qobiliyat bilan tug‘iladi — faqat uni izlab topish kerak.”
