Liderlar 1.0 arxivi
BAXTIYORJON BAHODIROV BAXROMJON O‘G‘LI
DIPLOMATIYA, TEXNOLOGIYA VA IJTIMOIY MAS’ULIYATNI BIRLASHTIRGAN YOSH YETAKCHI

BAXTIYORJON BAHODIROV:
DIPLOMATIYA, TEXNOLOGIYA VA IJTIMOIY MAS’ULIYATNI BIRLASHTIRGAN YOSH YETAKCHI
Shaxsiy Ma’lumotlar va Ta’lim Yo‘li
2006-yil 19-sentabrda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan Baxtiyorjon yoshligidanoq o‘zida qat’iy intizom va intilishni shakllantirdi. DXX "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyini tamomlagani uning xarakteridagi mardlik va mas’uliyat hissini yanada mustahkamladi. Hozirda u Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida "Xalqaro munosabatlar" yo‘nalishida tahsil olmoqda.
Bugungi kun yoshlari orasida o‘zining ko‘p qirrali faoliyati bilan ajralib turish oson emas. Biroq, Baxtiyorjon Bahodirov(Baxromjon o‘g‘li) misolida biz haqiqiy zamonaviy "multi-tasking" shaxsiyatni ko‘rishimiz mumkin. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabasi bo‘lgan Baxtiyorjon bir vaqtning o‘zida diplomat, Full-Stack dasturchi, startapchi va ijtimoiy islohotchi sifatida gavdalanmoqda.
Sportdan – Qat’iyat Maktabigacha
Liderlik xarakteri ko‘pincha sportda shakllanadi. Baxtiyorjon — sportning kikboks va qo‘l jangi turlari bo‘yicha professional shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishgan. U qo‘l jangi bo‘yicha Respublika chempioni hamda WAKO shafeligida o‘tkazilgan Jahon chempionatining bronza medali sohibidir. Bundan tashqari u ko`plab sport musobaqalari, “Temir avlod” nomi ostida kuch ishlatar tizimlar o‘rtasida o‘tkazilgan kompleks multitasking musobaqalarda ishtirok etgan. Va va ushbu musobaqa doirasida yugurish, turnik, qurol yig‘ib-sochish va qo‘l kurash yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan.
U sportni mukammallikdan ko‘ra o‘sish maktabi sifatida ko‘radi — har bir g‘alaba ham, har bir mag‘lubiyat ham unga intizom, sabr va o‘zini tahlil qilishni o‘rgatgan.
IT va Innovatsiyalar.
Baxtiyorjon nafaqat siyosat, balki yirik raqamli loyihalar arxitektori hamdir. "BaxaTech" brendi ostida dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi bu yosh dasturchi sog‘liqni saqlash sohasini raqamli transformatsiya qilishni maqsad qilgan va Prezident Tech Award tanlovi uchun yaratilgan “Darmon” startapi muallifidir (hozirda BaxaTech jamoasi tomonidan sotib yuborilgan hozirda boshqa nom bilan faoliyat yuritmoqda). Bundan tashqari, Uning tashabbusi bilan asos solingan "Talaba ovozi" platformasi bugungi kunda universitetlarda talabalarning muammolarini o‘rganuvchi va ularni qo‘llab-quvvatlovchi muhim portalga aylangan. Shuningdek, u abituriyentlar va talabalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tovchi, mentorlik tizimiga asoslangan "Connect U" loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Shu bilan bir qatorda, JIDU "NextGen Diplomacy" klubining innovatsiyalar bo‘limi rahbari sifatida universitet hayotiga yangi raqamli ruh olib kirdi. "K3karov Shogirdlar" loyihasining online platformalar yaratuvchisi xisoblanadi.
Ijtimoiy-Siyosiy Maydon va "Yoshlar Front Ofisi"
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli sifatida Baxtiyorjon bugungi kunda Mirobod tumanida eng dolzarb loyihalardan biri — "Yoshlar Front Ofisi" koordinatori hisoblanadi. 207-sonli Prezident farmoni ijrosi doirasida u 3500 dan ortiq yoshlarni birlashtirib, narkotik moddalar savdosi va kuryerlarning "chirkin" ishlariga qarshi kurashuvchi yoshlar armiyasini shakllantirmoqda.
Uning faolligi faqat tuman miqyosida cheklanib qolmay, "Eco" partiyasi a’zosi va Yoshlar ishlari agentligi volontyori sifatida ekologik barqarorlik va korrupsiyaga qarshi kurash mavzularida ham namoyon bo‘ladi.
Xalqaro E’tirof va Kelajak Sari
2025-yilda Germaniyaning European University (Berlin) universitetidan "Data Science va Cybersecurity" yo‘nalishi bo‘yicha 10 000 yevrolik grant yutib olgani uning global raqobatbardoshligidan dalolat beradi. Garchi yo‘nalish o‘zgarishi ehtimoli bo‘lsa-da, bu yutuq uning intellektual salohiyatini tasdiqlaydi.
Baxtiyorjon xalqaro maydonda ham faol bo‘lib, 2024-yilda UNESCO 14-yoshlar forumida faol ishtirok etdi hamda UNESCOning 43-sessiyasi doirasida xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash jarayonida rus va ingliz tillarida tarjimonlik faoliyatini olib bordi. Ushbu tajriba unga turli madaniyatlar, diplomatik muloqot va rasmiy xalqaro protokol bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qildi.
U rus tili va ingliz tilini (B2 darajada-63 ball sertifikat), shuningdek fransuz va koreys tillarini biladi. Bu esa unga xalqaro platformalarda faol ishtirok etish, delegatsiyalar bilan samarali aloqa o‘rnatish va O‘zbekiston yoshlarini munosib namoyon etish imkonini bermoqda.
Hayotiy Falsafa
Baxtiyorjonning hayotiy shiori oddiy, lekin mazmunli: “Vaziyatga moslashish qiyin bo‘lsa, uni o‘zgartir!”. Uning uchun "bilim, mas’uliyat va amaliy natija" shunchaki so‘zlar emas, balki kundalik ish faoliyatining o‘zagidir. Baxtiyorjon uchun to‘siqlar faqat yangi imkoniyatdir. Uning kelajakdagi orzusi – O‘zbekiston yoshlarini nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro diplomatik va texnologik arenalarda munosib himoya qilishdir.
Uning fikricha, haqiqiy lider – bu boshqalarga yo‘l ko‘rsatuvchi emas, balki boshqalar o‘z yo‘lini topishi uchun imkoniyat yaratuvchi shaxsdir.
Talaba Ovozi loyihasi.
https://k3karov.vercel.app – K3karov Loyihasi
https://www.instagram.com/reel/DTKU6TzDepS/?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=MzRlODBiNWFlZA== -yoshlar front ofisi stat
https://www.instagram.com/reel/DSVIHNOja90/?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=MzRlODBiNWFlZA== -yoshlar front ofisi intro
