Liderlar 1.0 arxivi

TOYIROVA PARIZOD AMRIDDIN QIZI

Yosh jurnalist | Ko‘p tilli notiq | Media va SMM mutaxassisi | Energetik ijodkor

2 mart, 20262 daqiqalik o'qish
TOYIROVA PARIZOD AMRIDDIN QIZI

Toyirova Parizod Amriddin qizi

Yosh jurnalist | Ko‘p tilli notiq | Media va SMM mutaxassisi | Energetik ijodkor

Tug‘ilgan sana: 10-avgust, 2008-yil

Tug‘ilgan joy: Buxoro shahri

Hozirgi yashash joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani

Ta’lim: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Fakultet: Jurnalistika, 1-kurs talaba

Parizod — so‘z kuchiga ishongan, mikrofon ortida ham, kamera qarshisida ham o‘zini erkin his qiladigan yoshlardan. U Buxoroda tug‘ilib, bolaligidan ijod va jurnalistikaga mehr qo‘ygan. Bugun esa poytaxtda o‘z orzulari sari dadil qadam tashlamoqda.

Uning jurnalistikadagi ilk qadamlari 7-sinfda boshlangan. Jurnalistika maktabida tahsil olib, keyinchalik Buxorodagi “Istiqlol” telekanalida amaliyot o‘tab, faoliyat ham yuritgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, u real media muhitini erta his qilgan.

Media va zamonaviy yo‘nalishlar sari:

Parizod besh oy avval SMM va mobilografiya kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, shu sohada ham ishlashni boshlagan. Zamonaviy media platformalarida ishlash, kontent yaratish va auditoriya bilan ishlash uning qiziqish doirasiga kiradi.

U nafaqat jurnalist, balki ko‘p tilli yosh mutaxassis. Hozirda 4 ta tilda erkin suhbat qila oladi va 5-til — turk tilini o‘rganmoqda. Bu esa uning global fikrlashi va xalqaro maydonga chiqish istagini ko‘rsatadi.

Hayotini o‘zgartirgan yillar:

Parizod uchun 2023 va 2024-yillar burilish davri bo‘lgan. Aynan shu yillarda u ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi, katta orzularining bir qismi ro‘yobga chiqdi. Eng muhimi — sabrning qanchalik go‘zal fazilat ekanini va to‘g‘ri niyat insonni qanday balandliklarga olib chiqishini chuqur anglab yetdi.

Uning eng katta ilhom manbai — onasi. Onasining ishonchi va duolari Parizod uchun eng kuchli tayanch.

Shaxsiy qarashi va yetakchilik falsafasi:

Parizodning fikricha, dunyoqarash va fikrlarning turlicha bo‘lishi — bu normal holat. U boshqaruvda hamjihatlikni, jamoa bilan ishlashni, ko‘p g‘oyali bo‘lishni va eng muhimi — tinglay olishni muhim deb biladi.

U o‘zini kuchli tinglovchi va tahlilchi deb hisoblaydi. G‘oyalar sandig‘i doimo to‘la, energiyasi esa atrofdagilarga ham yuqadi.

Ijod, san’at va sport:

Parizodning qiziqishlari faqat jurnalistika bilan cheklanmaydi. U san’atni sevadi — qo‘shiq kuylash va raqs uning hobbilari. Sportga qiziqadi, doimiy harakatda bo‘lishni yoqtiradi.

Ona tili fanidan olimpiadalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan. U “hard work”ni qadrlaydi va punktual inson sifatida har doim vaqtida, mas’uliyat bilan ish tutadi.

Kelajak sari katta maqsad:

Parizod maqsadlarini ko‘p oshkor qilishni yoqtirmaydi. Ammo uning eng katta orzularidan biri — yoshlar uchun jurnalistika maktabini ochish. U o‘zi bosib o‘tgan yo‘lni boshqalarga ham osonroq va tizimli qilishni istaydi.

Yoshlar uchun murojaat:

Parizodning yurakdan chiqqan so‘zlari:

“O‘zingizga yoqqan ishni bajaring. Yo‘lingiz mashaqqatli bo‘lsa ham, qarshi chiqishsa ham, o‘z yo‘lingizdan qaytmang. Doimo olg‘a qadam bosing. O‘zligingizni toping — boshqalardan farq qilsangiz ham aslo yengilmang!”

Bugun u 1-kurs talaba. Ammo uning tajribasi, til bilimi, energiyasi va qat’iyati ertangi kunning kuchli jurnalisti shakllanayotganidan darak beradi.

Parizod isbotlamoqda:

agar niyat toza bo‘lsa, sabr va harakat albatta samara beradi.

Hoziroq ariza qoldirish