Qarshiboyeva Muslimaxon Abdig‘ani qizi
O‘qituvchi | Filolog | Ilm fidoyisi | Yosh kitobxonlar targ‘ibotchisi
Tug‘ilgan sana: 4-aprel, 2002-yil
Tug‘ilgan joy: Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Achamayli MFY, Markaz ko‘chasi 59-uy
Ta’lim:
- Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti — Rus tili va adabiyoti fakulteti (bakalavr)
- Могилёв davlat universiteti (Belarus) — qo‘shma ta’lim dasturi
- Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti — 1-kurs magistranti
- Faoliyati: O‘qituvchi, filolog, yosh tadqiqotchi
- Mukofot va unvonlari: “Ilm-fan iftixori”, “Yuksak ilm fidoiysi”, ko‘plab medallar va diplomlar sohibasi
Bolalikdan boshlangan ilm ishtiyoqi
Muslimaxonning bolaligi ilmga tashnalik, kitob va to‘garaklar bilan o‘tgan. Uning ota-onasi bilimning qadrini chuqur anglagan insonlar bo‘lgani uchun farzandlariga ham imkon qadar keng sharoit yaratib berishgan. Shunday muhabbatdan tarbiya topgan Muslimaxon yoshligidan ilm izlash, o‘qish va bilimni ulashishni hayotining ajralmas qismiga aylantirdi.
Ta’lim va burilish nuqtalari
Muslimaxon Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetida tahsil olib, rus tili va adabiyoti bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Bu jarayonda unga ustozlaridan biri — Albina Radikovna katta ta’sir ko‘rsatgan. Aynan u Rus tili grammatikasining nozik tomonlarini chuqur tushunishga yordam berdi va ilmiy yo‘lga yetakladi.
“Talimning mashaqqati vaqtinchalik, ammo bilimsizlik va johillikning mashaqqati abadiydir. Ta’lim bu vaqt emas, ta’lim bu harakatdir.”
Bu fikr Muslimaxon hayot falsafasining ajralmas qismiga aylangan.
Kasbga muhabbat va o‘qituvchilik yo‘li
Muslimaxon faoliyatini talabachilik davridayoq boshlagan. Ustozlaridan o‘rganganlarini tengqurlari bilan bo‘lishar, qiyinchiliklarga sabr bilan yondashar edi. Bugun esa u o‘zining eng katta orzusiga yetdi — o‘qituvchi bo‘ldi.
“Onam ham o‘qituvchi. Yoshligimdan ularga qarab: ‘Men ham sizga o‘xshab o‘qituvchi bo‘laman’, deb niyat qilardim. Bugun Alhamdulillah, o‘sha orzum ro‘yobga chiqdi.”
U bugun bolajonlarga bilim ulashib, kelajak avlodni tarbiyalash yo‘lida mehnat qilmoqda.
Ijod va izlanish
Muslimaxon ilm bilan bir qatorda ijodkor hamdir. U kitob chiqarish arafasida, “Yosh kitobxon” loyihasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning fikricha, yoshlarni kitobga oshno qilish — kelajakni mustahkamlash demakdir.
Uning sevimli kitoblaridan biri — “Katta o‘yin”, dunyo siyosiy hayotini yoritib, Muslimaxonning dunyoqarashini o‘zgartirgan, unga yangi maqsadlar bag‘ishlagan asardir.
Prinsiplari va qadriyatlari
Muslimaxon hayot davomida amal qiladigan tamoyillarni aniq belgilab olgan:
- Ayol bir vaqtning o‘zida yaxshi uy bekasi, mehribon ona, sevimli yor, e’tiborli dugona va ijtimoiy faol inson bo‘lishi kerak.
- Harakatdan to‘xtamaslik va yon-atrofdagilarga o‘rnak bo‘lish — insonning asosiy burchi.
- Vatanparvarlik so‘z bilan emas, amal bilan isbotlanadi.
Bo‘sh vaqt va orzular
Bo‘sh vaqtlarini Muslimaxon o‘z ustida ishlash, ilmiy izlanish va yangi loyihalarga bag‘ishlaydi. U kelajakda:
- Yaxshi mutaxassis bo‘lishni,
- Jamiyat uchun foydali inson sifatida tanilish,
- 5–10 yil ichida katta lavozimlarda yurtga xizmat qilishni,
- Yangi loyihalar ochish va yoshlarni ilmga undashni maqsad qilgan.
Muvaffaqiyat va burilish nuqtalari
Muslimaxonning yutuqlari — uning eng katta ilhom manbai. Bakalavr diplomini olishi, ko‘plab xalqaro va milliy tanlovlarda erishgan muvaffaqiyatlari uni yanada kuchliroq qildi. Ota-onasining doimiy qo‘llab-quvvatlashi ham uning oldinga dadil qadam tashlashiga sabab bo‘ldi.
Ilhom va vasiyat kabi so‘zlar
“Bugun hech nimaga erishmagan inson — bu harakat qilmagan, o‘z ustida ishlamagan insondir.”
“Orqaga chekinmang, izlanishda davom eting.”
“Harakat qil, natija keladi.”
Muslimaxon hayoti va faoliyati bilan bitta haqiqatni tasdiqlamoqda: ilm va harakat insonni yuksaltiradi, sabr va fidoyilik esa uni jamiyatga kerakli shaxsga aylantiradi.