O'ZBEKISTON LIDER YOSHLARI ENSIKLOPEDIYASI

KAMALOVA MAFTUNA ZOXIROVNA

Tashkilotchilik Madaniyat
Kamalova Maftuna — Mehmonxona menejmentida yetakchi, tavakkalchi va ilhom baxsh etuvchi yosh mutaxassis

Tug‘ilgan sana: 1-oktabr 1999-yil

Tug‘ilgan joy: Buxoro shahri

Yashash joyi: Buxoro shahri

Ta’lim: Oliy — Bakalavr, Tourism qo‘shma dastur Vatel (Mehmonxona menejmenti), 2025-yilda tamomlagan

Faoliyat sohasi: Mehmonxona menejmenti

Kasbiy yo‘l va ilk yutuqlar

Maftuna Kamalova — 4 yulduzli mehmonxonada faoliyat yuritayotgan, mehmonxona boshqaruvi va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega yosh mutaxassis. Uning kasbiy yo‘li 2023-yilda, amaliyotdan so‘ng tadbirlarni tashkil etish mutaxassisi sifatida ishga qabul qilinishi bilan boshlandi. Shu vaqt ichida u mehmonxona sohasida o‘zini ko‘rsatib, professional mahoratini oshirdi.

U Uzbekistan Japan Center (UJC) tomonidan o‘tkazilgan Karuta Taikai bo‘yicha Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan (2023), Kaizen sertifikatiga ega bo‘lgan. Mehmonxona standartlari bo‘yicha treninglarda qatnashib sertifikat olgan, UJCda volontyorlik qilgan, general manager tomonidan tavsiyanoma olgan.

Maftuna Amerika yozgi amaliyoti uchun hujjat topshirib, esse yozgan, biroq imkoniyatga erisha olmagan — bu esa uni yanada kuchliroq harakat qilishga undagan. U oromgohda “Eng chaqqon” nominatsiyasi, ish joyida esa “Porlayotgan yulduz” nominatsiyasi bilan taqdirlangan. Shuningdek, Malayziya City Universityda amaliyot o‘tib sertifikat olgan, Ozarbayjonda bo‘lgan va International Hotel Conferenceda qatnashgan.

Ilhom va hayotiy burilishlar

Maftunaning hayotida muhim burilish nuqtalaridan biri — ko‘zi oldida sodir bo‘lgan korrupsiya holatidir. Bu voqea unga ortga chekinmaslik, balki yo‘nalishini o‘zgartirish zarurligini anglatgan.

Uning hayotiy shiori qisqa va qat’iy:

“Ko‘p xohlasang — ko‘p natijalarga erishasan, hech narsa imkonsiz emas.”

Shaxsiy qiziqishlar va o‘z ustida ishlash

Bo‘sh vaqtida Maftuna ko‘proq kitob o‘qiydi. Paulo Koelyo — uning eng sevimli yozuvchilaridan biri bo‘lib, “Alximik”, “Maktub”, “Alif” kabi asarlarini mutolaa qilgan. “Ikigai”, “Самурай без меча” va Yapon ijodiga oid kitoblar ham unga yaqin.

U o‘ziga vaqt ajratishni, sport bilan shug‘ullanishni qadrlaydi. Rassomchilik bilan ham shug'illangan hamda san'at asarlarini muallifi bo'lgan. Liderlikda eng muhim fazilat sifatida bergan vadani bajarishni biladi.

Maqsadlar va hayotiy prinsiplar

Maftunaning asosiy orzularidan biri — ko‘proq sayohat qilish, dunyo kezish va o‘z kitobini nashr etish. U boshqalarga adolatli qaror chiqarishni, o‘ziga ishonishni o‘rgata oladi.
U tashabbuskor, o'zini tavakkalchi sifatida ta’riflaydi, har qanday vaziyatni joyida hal qilishga odatlangan. Har doim yangi narsalarni sinab ko‘radi...
Yoshlar uchun maslahatlar

Maftuna boshqalarga o‘z tajribasidan kelib chiqib quyidagi maslahatlarni beradi: telefon o‘rniga sport bilan shug‘ullanish, mashinadan ko‘ra velosipedda yurish, tavakkal qilish, doim harakatda bo‘lish, bir joyda to‘xtab qolmaslik. Ayniqsa, yigitlarga mardona harakat qilish, mas’uliyatdan qochmaslikni uqtiradi.

Uningcha, haqiqiy lider — va’dasida tura oladigan, halol, mas’uliyatli va doimo o‘sishga intiladigan insondir.