Liderlar Online1 daqiqa
Orzilar uchun ilk qadamni qanday tashlash kerak?
Muvaffaqiyat sari yetaklovchi qoʻllanma

Har bir inson hayotda muvaffaqiyatga erishishni, o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlari va orzulariga yetishishni istaydi. Biroq ko‘pchilik ushbu yo‘lda eng muhim bosqichni tashlashga kelganda ikkilanib qoladi. Bu — ilk qadamdir. Xo‘sh, orzular sari ilk qadamni qanday tashlash kerak?
1. Maqsadni aniq belgilab oling
Orzu shunchaki shirin xayol bo‘lib qolmasligi uchun uni aniq maqsadga aylantirish lozim. Nimaga erishmoqchi ekanligingizni qog‘ozga aniq yozing. Aniq belgilangan maqsad yo‘lingizni yorituvchi mayoq vazifasini o‘taydi.
2. Katta rejalarni kichik qismlarga bo‘ling
Gohida maqsadlarimiz ko‘zimizga juda ulkan va erishib bo‘lmasdek ko‘rinadi. Buni yengishning eng samarali yo‘li — ularni kichik, har kuni bajarish mumkin bo‘lgan vazifalarga bo‘lib chiqishdir. Bugun o‘qilgan bitta sahifa kitob yoki o‘rganilgan beshta yangi so‘z ham kelajakdagi katta g‘alabaning poydevoridir.
3. Qo‘rquv va ikkilanishni yenging
Muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqish tabiy hol. Ammo hech narsa qilmaslik — eng katta xatodir. Unutmang, har qanday xato bu tajriba, tajriba esa sizni yetuklikka boshlaydi. Ikkilanishni chetga surib, bor imkoniyatingiz bilan harakatni boshlang.
4. O‘z ustingizda tinimsiz ishlang
Bugungi tezkor zamonda bilim va ko‘nikmalarni doimiy ravishda yangilab borish shart. Kitob o‘qing, yangi texnologiyalarni o‘rganing va sohangizning yetuk mutaxassislari tajribasini tahlil qiling. Bilim — sizning eng kuchli qurolingizdir.
Xulosa qilib aytganda, eng uzoq yo‘l ham dastlabki qadamdan boshlanadi. Kelajakni yaratish, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shadigan haqiqiy lider bo‘lib yetishish o‘z qo‘lingizda. Bugundan kechiktirmasdan, orzularingiz sari dadil qadam tashlang!
Muallif
Po'latova Dilso'z Po'lat Qizi
9-sinf o‘quvchisi · Ingliz tili o‘rganuvchisi · Kitobxon · Maqsadli yosh


