Abdiganiyeva Nafisa
Abdiganiyeva Nafisa Asliddin qizi 2007-yil 9-oktabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashaydi. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti Biologiya fakultetining 2-kurs talabasi.
Nafisa marketing sohasida ish yuritadi va faoliyatini bir oy oldin boshlagan. U kimyo fanidan sertifikatga ega. Biologiyaga qiziqadi, yangi bilimlarni izlashni hamda kreativ g‘oyalarni hayotga tatbiq etishni yaxshi ko‘radi. Uning uchun har bir yangi tajriba o‘sish va o‘rganish uchun imkoniyatdir.
Uning hayotida onasining ular uchun qilgan ishlari katta ahamiyatga ega. Onasi ularning o‘qishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Nafisaning hayotiy prinsipi: «Kichik qadamlar katta natijalarga olib boradi».
Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qishni yoqtiradi va kompyuter sohasiga qiziqadi. Uning fikricha, lider o‘z jamoasiga namuna bo‘la olishi, mas’uliyatni his qilishi, bergan va’dasini bajara olishi, muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi va o‘z xatosini boshqalarga yuklamasligi zarur.
Kelajakda magistraturada chet elda o‘qish hamda o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lishni rejalashtiradi. Boshqa insonlar undan mas’uliyatli bo‘lishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni va o‘z maqsadi sari qat’iyat bilan harakat qilishni o‘rganishlari mumkin. U har bir vaziyatdan saboq olishga va doimo o‘z ustida ishlashga intiladi.
«Orzu qil, ishon, harakat qil, erish.
Bugungi kichik qadam kelajakni albatta o‘zgartiradi.»
