Abdullayeva Ozoda Farmon qizi

Ozoda Abdullayeva Farmon qizi
Ozoda Abdullayeva Farmon qizi
8 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Ozoda Abdullayeva Farmon qizi 2000-yil 15-iyunda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi.

U bakalavr ta’limini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Jahon siyosati yo‘nalishida olgan. Birinchi magistratura ta’limini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Amaliy siyosatshunoslik mutaxassisligida, ikkinchi magistratura ta’limini Toshkent davlat yuridik universitetining Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligida, uchinchi magistratura ta’limini esa Yangi O‘zbekiston universitetining Loyiha boshqaruvi mutaxassisligida olgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchisi. Ayni paytda u 4 ta mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega va 4 ta tilda gaplasha oladi.

Ayni paytda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mustaqil tadqiqotchi bo‘lib, “Zamonaviy davrda Xitoy-Afg‘oniston hamkorligi va uning mintaqaviy jarayonlarga ta’siri” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. U bakalavr yillaridan boshlab turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va dasturlarda ilmiy ishlari bilan ishtirok etib keladi hamda oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi bosqichlarda ayni tadqiqot mavzusini davom ettirmoqda.

U “Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” xalqaro konferensiyasida “eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. Belgiyaning impact faktori 7.9 bo‘lgan “Eurasian Journal of Research, Development and Innovation” jurnalida “Internal and external factors of the establishment of Taliban power in Afghanistan” nomli maqolasi chop etilgan. Yuqori impact faktorga ega “Young Academician” jurnalida “The Taiwan issue: the end of Chinese dream and changing trends” nomli maqolasi chop etilgan. “Yangi O‘zbekiston” gazetasida “Mintaqaviy hamkorlik va do‘stlik timsoli” nomli maqolasi nashr etilgan.

Westminster Academy tomonidan tashkillashtirilgan konferensiyadagi “Speaking Club”da “The Best Delegation” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan. U Tashkent International Model United Nations (TIMUN), Shanghai Cooperation Organisation — Youth Initiatives / Events hamda Diaspora Youth Forum of the Organization of Turkic States tadbirlarining ishtirokchisi. CIS Youth Capital 2024 / International Volunteer Forum volontyori bo‘lgan. Shuningdek, UWEDdagi International Academic, Diplomatic and Youth Events tadbirlarida tashkilotchi sifatida ishtirok etgan.

Uning onasi u uchun har doim o‘rnak va namuna bo‘lib kelgan. Hayotiy prinsipi: “Bilim insondagi eng muhim ijtimoiy resursdir.” Bo‘sh vaqtida xorijiy tillarni o‘rganadi va ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha izlanish olib boradi.

U liderlik uchun jamoaning har bir a’zosida muhimlik hissini shakllantirish hamda ularni boshqarishga emas, yo‘naltirishga harakat qilishni muhim deb hisoblaydi. Ilmiy-tadqiqot ishini davom ettirish hamda egallagan mutaxassisliklari asosida yetuk kadr bo‘lishni maqsad qilgan. Doimiy o‘qish va izlanishni o‘zi qilayotgan eng to‘g‘ri harakat deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish