Abdullayeva Yulduzxon
Abdullayeva Yulduzxon Nodirjon qizi 2007-yil 3-dekabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. U Olmazor tumani, Qoraqamish 1/2, 1A manzilida yashaydi. Hozirda Sarbon universiteti yurisprudensiya fakultetining 2-kursida tahsil oladi hamda yurisprudensiya sohasini o‘rganmoqda. U 2025-yilda 1-kurs talabasi bo‘lgan.
Yulduzxon “Zuhur” Book Family klubiga asos solgan. Hayotida unga onasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy prinsipi: “Muvaffaqiyat tasodif emas, mehnat mahsuli.” Bo‘sh vaqtida ko‘p kitob o‘qiydi.
Uning fikricha, lider uchun mas’uliyatlilik hamda auditoriya va guruhni boshqarish qobiliyatining kuchliligi muhim. Boshqalar undan sabrni va insonlar bilan turli vaziyatlarda qanday muomala qilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda o‘z advokaturasini ochish va Germaniyada magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtiradi. Uning boshqa yoshlar uchun maslahati: “O‘zingni tarbiyalashni odat qil. Hamma ham motivatsiya bilan yashamaydi, lekin intizom bilan yashash mumkin. O‘zingni boshqarishni o‘rgangan odam hayotini ham boshqaradi.”
