Abdulnazarova Husnida Dilmurod qizi
Abdulnazarova Husnida Dilmurod qizi 14-oktabr kuni Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. U Namangan viloyati Chust tumanida yashaydi. Hozirda Namangan davlat pedagogika instituti magistratura talabasi. U faoliyatini 2023-yilda Namangan davlat pedagogika instituti bakalavr bosqichidan boshlagan.
Husnida turk tilidan B1 daraja egasi, “Qizlar ovozi” klubi a’zosi hamda robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha sertifikat egasi va o‘qituvchisidir. U kitobxon bo‘lib, bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qiydi. Uning hayotiga institutdagi professor-ustozlari ta’sir ko‘rsatgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Maqsadlarga erishish oson emas, qiyinchiliklardan o‘tish kerak!” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun reja asosida faoliyat olib borish va liderlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhim.
“Yoshligingizni imkoniyatga aylantiring. Har bir orzu ortida jasorat, har bir muvaffaqiyat ortida esa tinimsiz mehnat yotadi.”
