Abduvohidova Farangiz Vaxob Qizi
Abduvohidova Farangiz Vaxob qizi 2004-yil 29-aprelda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining Cho‘g‘alon qishlog‘ida tug‘ilgan. U hozirda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashaydi.
U 2022-yilda Samarqand davlat universitetining noshirlik ishi yo‘nalishiga budjet asosida qabul qilingan. Faoliyatini 2-kursdan maqola yozish va ilmiy rahbariga shogird bo‘lishdan boshlagan. U turk tilini o‘rganmoqda hamda ingliz tili kursini o‘tamoqda. Ingliz va turk tillarini bilish darajasi bo‘yicha 2 marta B1 sertifikatini olgan.
Farangizning maqolasi “Nurli izlar” to‘plamida chop etilgan va u sertifikatlarga ega bo‘lgan. Ko‘pgina konferensiyalar va jurnallarda uning 40 dan ortiq maqolasi nashr qilingan. Ingliz tilidagi maqolalari Germaniyaning “Raven Cage” va “Articless monthly” jurnallarida, shuningdek, Hindistonning “Kayva kishor Internatsional” saytida chop etilgan. U 100 dan ortiq sertifikat va tashakkurnomaga ega.
U “Ijodkor” kursining faol qatnashchisi hamda 2019-yil mart oyida “Zulfiya” mukofoti sohibasi To‘liyeva Sarvinoz tomonidan tashkil etilgan “Ijodkor” kursining faol bitiruvchisidir. Shuningdek, “Mahorat maktabi”ning 6 oylik jurnalistika kursini muvaffaqiyatli bitirgan. U “Yil talabasi–2024” hamda 2025-yil tanlovining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha “Eng bilimdon talaba” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Samarqand davlat universitetining top iqtidorli 100 talabasi qatoridan joy olgan.
U “Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichida 1-o‘rinni, respublika bosqichida esa faxrli 2-o‘rinni egallagan. U 3 ta mualliflik kitobi hamda yoshlar uchun maqola yozish, elektron kitob chiqarish va “Ilhom” mukofoti sohibasi bo‘lish haqida mualliflik kurslariga ega.
Uning hayotiy prinsipi ota-onasining umidi va ishonchidir. Bo‘sh vaqtida til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch va qaytmaslik muhim. U ilm va izlanishda davom etishni rejalashtiradi. Boshqalar undan til o‘rganish, kitob chiqarish, maqola yozish va kurashdan to‘xtamaslikni o‘rganishlari mumkin. U magistraturaga kira olmagan bo‘lsa ham, to‘xtamayapti.
