Adizova Norsulton Laziz qizi

Adizova Norsulton Laziz qizi
Adizova Norsulton Laziz qizi
4 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Norsulton Adizova Laziz qizi 2008-yil 29-iyunda tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashaydi. O‘rta ma’lumotli bo‘lib, 16-sonli maktabni bitirgan. Hozirda Buxoro pedagogika institutining 1-bosqich talabasi sifatida ta’lim va filologiya, xususan, o‘zbek tili va adabiyoti sohasida tahsil olmoqda.

U ilmiy va ta’limiy faoliyatini maktab davridan boshlagan. Ona tili, adabiyot va chet tillarini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi sababli doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rib kelgan. U bir nechta fanlardan milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega: ona tili va adabiyot fanidan B+ darajali milliy sertifikat, chet tili bo‘yicha bilimlarni baholash sertifikati hamda tarix fanidan milliy sertifikat.

Uning hayoti va kasb tanlashiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar ustozlaridir. Ustozlarining bergan bilimlari, kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otgani va doimiy qo‘llab-quvvatlovi sababli u filologiya hamda ta’lim sohasini tanlagan. Uning hayotiy shiori: «Muvaffaqiyatga yo‘l mashaqqatlar vodiysidan o‘tadi».

U bo‘sh vaqtini kitob mutolaasiga bag‘ishlaydi. O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining sara asarlarini o‘qish, tillarni rivojlantirish va o‘z ustida ishlash uning asosiy hobbilari hisoblanadi. U nafaqat o‘z sohasini, balki xorijiy tillarni ham qiziqish bilan o‘rganadi. Har bir maqsadiga erishish uchun intizom bilan mehnat qilishni va bilimlarni amalda qo‘llashni afzal ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish va mas’uliyatlilikdir. U haqiqiy lider jamoani umumiy maqsad sari birlashtira oladigan, adolatli, o‘z qarorlariga javob bera oladigan hamda boshqalarni ilhomlantirib yetaklay oladigan shaxs bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Boshqalar undan maqsad sari intiluvchanlikni, vaqtdan unumli foydalanishni, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashni, qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikni va natijaga erishguncha harakat qilishni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi.

Uning kelajakdagi asosiy maqsadi ta’lim va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishdir. U bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, magistratura va doktoranturada o‘qishini davom ettirish hamda fan doktori (DSc) darajasini olishni rejalashtirgan. Shuningdek, yoshlarga sifatli ta’lim beradigan va ularning salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan shaxsiy o‘quv markazini ochishni orzu qiladi.

Hoziroq ariza qoldirish