Agzamxo’jayeva Muslimaxon Alisher qizi

Agzamxo’jayeva Muslimaxon Alisher qizi
Agzamxo’jayeva Muslimaxon Alisher qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Agzamxo’jayeva Muslimaxon Alisher qizi 2008-yil 31-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashaydi. U 2026-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini tamomlagan va hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetida tahsil olmoqda.

Muslimaxon faoliyatini maktab davridan turli loyihalar, tanlovlar va ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etish orqali boshlagan. U ta’lim, yoshlar tashabbuslari, xalqaro munosabatlar va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlaridagi loyihalarda qatnashib, jamoa bilan ishlash, liderlik, mas’uliyat, muloqot, omma oldida chiqish va loyihalarni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirgan. U ingliz tilidan CEFR B2 darajasiga, shuningdek, ona tili, matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega.

U maktabda ekologiya vaziri sifatida turli tadbir va aksiyalarni tashkil etishda faol qatnashgan. “Young Climate Champions” seminarida ishtirok etib, COP simulyatsiyasida Hindiston jamoasi tarkibida qatnashgan. Shuningdek, “Digital Generation” kabi IT loyihalarida ishtirok etib, WordPress, no-code texnologiyalar, 3D modellashtirish va raqamli kontent yaratish bo‘yicha tajriba orttirgan.

Muslimaxon kitob o‘qish, psixologiya, raqamli ijod, mobilografiya, fotografiya va rasm chizishga qiziqadi. Ayrim she’rlari jurnallarda chop etilgan, u asarlar yuzasidan taqrizlar ham yozadi. Kelajakda xalqaro iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va huquq yo‘nalishlaridagi bilimlarini chuqurlashtirib, xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish, yangi tillar va zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rganish, yoshlar uchun foydali tashabbuslar yaratish hamda jamiyatga foyda keltiradigan mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish