Aqsungul Usenova Tenel qizi
Aqsungul Usenova Tenel qizi 2006-yil 7-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida tug‘ilgan. Hozirda Nukus shahrida yashaydi. Uning ta’lim darajasi tugallanmagan oliy bo‘lib, hozirda Qoraqalpoq davlat universitetining 3-kurs talabasi. U iqtisodiyot va marketing yo‘nalishida tahsil oladi hamda faoliyatini 2024-yildan boshlagan.
Aqsungul iqtisodiy nazariya fanidan universitet bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan. U minglab nomzodlar orasidan Financopedia loyihasining “Yosh iqtisodchilar oromgohi” dasturiga qabul qilingan. Braylon Kids’da avval volontyor bo‘lgan Aqsungul hozirda Qoraqalpog‘iston hududi koordinatori bo‘lib ishlaydi. U UzCombinator tomonidan tashkil etilgan Founder Camp’ga qabul qilinib, startapini rivojlantirish uchun tajribali startaperlardan maslahat olgan, shuningdek, UzCombinator tomonidan tashkil etilgan Start Up School’ga ham qabul qilingan.
U sport bilan shug‘ullanadi, Talaba yugur marafonida qatnashgan. Nukus Model COP’25 tadbirida qatnashib, Burkina Faso climate elchisi bo‘lgan. DMO Karakalpakstan tomonidan o‘tkazilgan Youth Eco Patrol’da faol qatnashgan. Hozirda Steamify loyihasida Qoraqalpog‘iston hududi uchun Main mentor sifatida faoliyat yuritadi.
Bo‘sh vaqtida Aqsungul rasm chizadi, fikshn kitoblarni o‘qiydi va ularning filmlarini avval ingliz tilida, so‘ng o‘zbek tilida tomosha qiladi. U tennis o‘ynaydi, xayol suradi va miyasiga kelgan antiqa savollarga javob topishga harakat qiladi. Uning hayotiy prinsiplari: “Qiyinchilik — bu o‘sish uchun imkoniyat” va “Har kuni kechagidan 1% yaxshiroq”. U liderlikda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish hamda odamlarda ishonch uyg‘ota olishni eng muhim fazilat deb biladi. Kelajakda magistratura ta’limini Italiyada davom ettirish, italyan tilini o‘rganish va odamlarga ushbu tildan o‘qituvchi sifatida dars berishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan qat’iyatlilikni o‘rganishlari mumkin.
“Yutqazishdan qo‘rqmang. Muvaffaqiyatsizlik — bu yakun emas, bu shunchaki keyingi to‘g‘ri qadam uchun olingan darsdir.”
