Asila G’aniyeva Otabek qizi

Asila G’aniyeva Otabek qizi
Asila G’aniyeva Otabek qizi
11 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Asila G‘aniyeva Otabek qizi 2006-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi.

U Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 8-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini tamomlagan. 2023-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishiga talabalikka qabul qilingan. Hozirda mazkur universitetning 4-bosqich talabasi sifatida tahsil olib, o‘z sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirib kelmoqda.

Asosiy faoliyati ingliz tili va ta’lim sohasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yoshlar bilan ishlash, kitobxonlik, volontyorlik, jamoatchilik va ma’rifiy loyihalar yo‘nalishlarida faol ishtirok etadi. U faoliyatini talabalik davrining ilk yillaridanoq turli tanlovlar, kitobxonlik loyihalari, ma’rifiy tadbirlar va volontyorlik faoliyatida ishtirok etishdan boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan uning ishtiroki tashkilotchilik va liderlik faoliyatiga aylangan. U yoshlar bilan ishlash, tadbir va bahs-munozaralarni tashkil etish, boshlovchilik qilish hamda jamoani bir maqsad atrofida birlashtirish orqali tajriba orttirib kelmoqda.

Universitet miqyosidagi “Kitobxon qiz”, “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Balli qizlar” va “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovlarida birinchi o‘rinlarni egallagan. “Eng yaxshi ijodiy ishi” tanlovida maqola, insho va she’rlari bilan qatnashib, 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan. U 2024-yilda “Yil volontyori”, 2025-yilda esa “Yil talabasi” sifatida e’tirof etilgan. Faol jamoatchilik faoliyati va tashabbuskorligi uchun faxriy yorliq, ishonch yorlig‘i, diplom, sertifikat va mukofotlar bilan taqdirlangan. Ilmiy-ijodiy yo‘nalishda ham faol bo‘lib, xorijiy nashriyotlarda antologiyalar, kitoblar va jurnallarda maqolalari chop etilgan.

Ayni vaqtda u Milliy tiklanish demokratik partiyasi huzuridagi “Yoshlar qanoti”, “Kelajak EVH”, “Oltinqanot” volontyorlik jamoasi, “Lider qizlar” va “Qizlar ovozi” klubida koordinator sifatida faoliyat yuritadi. Jamoasi bilan yoshlar o‘rtasida bahs-munozaralar, intellektual va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib, yoshlarning faolligini oshirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularga hurmat ruhini targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Otasining bolaligidan takrorlab keladigan “O‘z haqqingni so‘rashdan qo‘rqma, o‘z huquqlaringni bil va himoya qil” degan nasihatlari uning hayotida muhim o‘rin tutadi. Hayotiy shiori — “Kichik qadamlar katta natijalarga olib boradi.” U kelajakda ingliz tilini yuqori darajada egallab, professional IELTS instruktori bo‘lishni, yoshlar uchun foydali tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni, o‘z jamoasini shakllantirishni hamda bilimi, tajribasi va mehnati bilan jamiyatga foyda keltiradigan inson bo‘lishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish