Aslonova Sevinch Asror qizi
Aslonova Sevinch Asror qizi 2006-yil 13-iyulda Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. U hozirda Buxoro viloyati Jondor tumanida yashaydi. Sevinch 38-maktabni tugatgan hamda ayni paytda Shahrisabz davlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi hisoblanadi.
U faoliyatini o‘qishga kirganidan boshlab boshlagan. Turk tilidan sertifikatga ega. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, magistratura uchun bilimlarini oshiradi va pishiriqlar pishirishni juda yoqtiradi.
Sevinch magistraturada tahsil olib, PhD bo‘lganlarga havas qiladi va o‘zi ham shu yo‘ldan borishni maqsad qilgan. U shu yil bakalavr bosqichini tugatib, o‘qishini magistraturada davom ettirmoqchi. Shu bilan birga, o‘zi sevgan kasb bo‘yicha maktabda bolajonlarga boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida dars berishni rejalashtirgan, nasib bo‘lsa. U o‘qishini magistratura, doktorantura, dotsentlik va PhD yo‘nalishlarida davom ettirishni istaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘z fikrini erkin bayon qila olish va yutqazganida ham hech qachon taslim bo‘lmaslik muhim. Shuningdek, u boshqalar undan qat’iyatlilikni, rahbarlikni va va’daga vafo qilishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Uning hayotiy shiori: «Kichik qalblarga katta orzular, katta kelajakka mustahkam poydevor».
