Axatova Marjona
Axatova Marjona Axror qizi 05.07.2007-yilda Samarqandda tug‘ilgan. Hozirda u SamDU Markaziy Osiyo xalqlari, tillari va madaniyati institutining Filologiya va tillarni o‘qitish: ona tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
U maktab paytidan ona tili va adabiyot faniga qiziqib, olimpiadalarda qatnashgan va munosib o‘rinlarni egallagan. Uning sertifikati ham bor. Marjona “Zakovat” ishtirokchisi, ona tili va adabiyot fanidan viloyat bosqichi ishtirokchisi, tuman hokimi sovrindori, ingliz tilidan CEFR B2 darajasi hamda ona tilidan B darajasi sohibasi. Shuningdek, u oltin medal sohibasi va “Yosh huquqshunos” tanlovi ishtirokchisi.
Uning yutuqlariga, avvalambor, ota-onasi, keyinchalik esa ustozlari sababchi bo‘lgan. Bo‘sh vaqtida yangi narsalarni o‘rganadi, kino ko‘rishni, kitob va she’r o‘qishni, boshlovchilikni yoqtiradi. Uning fikricha, lider jamoa bilan to‘g‘ri yondashuv asosida ishlay olishi, o‘ziga ishonchi baland bo‘lishi hamda tinglab, xulosa va tahlil qila bilishi kerak.
U kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan kadr bo‘lib yetishishni, ota-onasining ishonchini oqlashni va sayohat qilishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: “Boshqalarning ahmoqona fikrlari deb, o‘z orzularingizdan voz kechmang!”
“Boshqalarning ahmoqona gaplari sabab o‘z maqsadlaringizdan voz kechmang. Hayotingizni boshqalarning fikri emas, o‘z maqsadlaringiz sari qo‘ygan qadamingiz belgilaydi.”
