Aziza Ahadova Akram qizi
Aziza Ahadova Akram qizi 2007-yil 12-yanvarda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. U O‘zMUda bakalavriatning 2-kursida tahsil oladi. Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi, tillarni o‘qitish sohasida o‘qiydi.
Aziza universitet tomonidan tashkil qilingan diktantlar tanlovida qatnashib, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan. Shuningdek, «Yoshlar ovozi» kabi loyihalarda qatnashgan. U she’rlar yozib turadi, bo‘sh vaqtida esa kitob va she’r o‘qishni yoqtiradi.
Uning hayotiy shiori: «Kichik yiqilishlar katta muvaffaqiyatlar sari bir qadam». Azizaning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — harakat, tartib va hech qachon taslim bo‘lmaslik. Uning eng katta maqsadi — Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritish.
