Baxshilloyeva Nigina Bahodir Qizi
Baxshilloyeva Nigina Bahodir qizi 2008-yil 2-oktabrda Buxoro viloyati Peshku tumani Ibn Sino MFY Avdane qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi. U Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning ta’lim va o‘qituvchilikka bo‘lgan qiziqishi bolalikdan shakllangan. Bobo-buvilari va onasi o‘qituvchi bo‘lgani sababli u ta’limga e’tibor kuchli bo‘lgan muhitda ulg‘aygan. Maktab davridan ingliz tili, ona tili va matematika fanlaridan tengdoshlari hamda kichik o‘quvchilarga dars o‘tib, ilk pedagogik tajribasini orttirgan. Shu qiziqishlari asosida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishini tanlagan.
Nigina IELTS imtihonidan 7.5 ball, jumladan Listening bo‘limidan 8.5 va Reading bo‘limidan 8.0 ball olgan. U CEFR bo‘yicha C1 darajasini, Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatning A darajasini (esse — 70.5 ball), tarix fanidan B hamda matematika fanidan C+ darajalarini qo‘lga kiritgan. U “Ingliz tili bilimdoni – 2024” tanlovida 1-o‘rinni egallagan hamda UBS fan olimpiadasida ingliz tili fanidan sovrindor bo‘lgan.
U American Councils for International Education tomonidan IT Park University bilan hamkorlikda tashkil etilgan “English for IT Summer Camp 2025” dasturiga qabul qilinib, ingliz tili, IT va liderlik bo‘yicha treninglarda ishtirok etgan. Adabiy-ijodiy yo‘nalishda “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovida, shuningdek, ingliz tili va ona tili fanlaridan fan olimpiadalarida qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallagan. Qizlarning ta’limi va o‘z ovozini topishi mavzusidagi “Breaking the Silence: A Girl’s Story” nomli motivatsion hikoyasi Synchronized Chaos jurnalida onlayn nashr etilgan. Hozirda u ingliz tilida speaking ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi speaking club faoliyatini olib bormoqda.
U bo‘sh vaqtida kitoblar, ingliz tilidagi maqolalar va shaxsiy bloglarni o‘qiydi, yangi tillarni o‘rganadi, hikoyalar, fikrlari va hayotiy kuzatuvlarini yozib boradi. Maqola yozishga qiziqqani sababli to‘garaklarda qatnashadi hamda speaking mentorlik orqali ingliz tili bo‘yicha bilimini oshiradi. Shuningdek, yangi joylarni kashf qilish, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish va ijodiy mashg‘ulotlarni yoqtiradi.
Uning fikricha, liderlik odamlarga ishonch bera olish, ularni tinglash, jamoa a’zolarining fikri, qobiliyati va imkoniyatini ko‘ra bilishdir. U liderlikni boshqalardan ustun turish emas, balki boshqalar bilan birga o‘sish va ularning imkoniyatlarini kashf etishiga yordam berish deb tushunadi. Kelajakda ta’lim sohasida o‘z o‘rnini topib, o‘zidan keyingi avlodga foydasi tegadigan inson bo‘lishni maqsad qilgan. U xalqaro ta’lim dasturlarida qatnashish, xorijda tahsil olish, turli mamlakatlarning ta’lim tajribasini o‘rganish va orttirgan bilimlarini O‘zbekistondagi yoshlar bilan bo‘lishishni niyat qilgan.
Uning hayotiy shiori: “The life you dream of is built by the choices you make every day”. U katta natijalar kichik, ammo doimiy qadamlar bilan boshlanishiga ishonadi.
