Berdiyarova Gulsanem Azamat qizi

Berdiyarova Gulsanem Azamat qizi
Berdiyarova Gulsanem Azamat qizi
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Berdiyarova Gulsanem Azamat qizi 2007-yil 21-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Hozirda Nukus shahrida yashaydi. U Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavr ta’lim darajasining 2-kursida arxitektura ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi.

Gulsanem faoliyatini Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyidan boshlagan. U «Ziywar» volontyorlik klubini tashkil qilgan. Hozirda Universitet yoshlar ittifoqining «Uni Volontyor» klubi koordinatori hisoblanadi.

U ingliz tilidan B2 sertifikatiga ega. Gulsanem kitobxon, shoira va rassom sifatida ham qiziqishlarga ega. Undan liderlik salohiyati, notiqlik qobiliyati, hech qachon taslim bo‘lmasdan davom etish zarurligi hamda kuchli motivatsiya olishni o‘rganishlari mumkin.

Uning hayotiy shiori: «To‘xtagan suv va o‘rganishdan to‘xtagan ziyo zulmatga yuz tutadi». Kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish va «Umid uchquni» ko‘krak nishoni sovrindori bo‘lishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish