Ensiklopediya1 daqiqa

Boboyev Asliddin Ibrohim o'g'li

Sun’iy intellekt tadqiqotchisi · Tadqiqotchi-dasturchi · Respublika bosqichi g‘olibi · C1 darajasi sohibi · Startap tanlovlari g‘olibi

Boboyev Asliddin Ibrohim o‘g‘li 2005-yil 21-iyunda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi. U Samarqand davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oladi.

Asliddin sun’iy intellekt sohasida tadqiqotchi-dasturchi sifatida faoliyat yuritadi. U faoliyatini maktab davridayoq o‘z ustida ishlash va yangi bilimlarni o‘rganishdan boshlagan. Dastlab ustozlarining ko‘magi bilan kichik qadamlar tashlagan, keyinchalik esa aniq maqsadlar qo‘yib, mustaqil rivojlanishda davom etgan.

U “Sun’iy intellekt yetakchilari” respublika bosqichi g‘olibi, viloyatlardagi bir qancha startap tanlovlari g‘olibi hamda ingliz tili bo‘yicha C1 darajasi sohibidir. Uning ota-onasi unga qanot bergan, ustozlari esa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan.

Asliddin biror maqsadni oldiga qo‘ysa, natijaga erishmagunicha izlanish va harakat qilishdan to‘xtamaydi. U yangi muhitga tez moslashadi hamda doimo o‘zining kechagi holatidan yaxshiroq bo‘lishga intiladi. Uning hayotiy prinsipi: “Sen kutgan hayotni hech kim qurib bermaydi — uni o‘zing yaratishing kerak”.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Boboyev Asliddin Ibrohim o‘g‘li

Sun’iy intellekt tadqiqotchisi · Tadqiqotchi-dasturchi · Respublika bosqichi g‘olibi · C1 darajasi sohibi · Startap tanlovlari g‘olibi

Hoziroq ariza qoldirish