Давронова Парвина Шамсиддин кизи

Davronova Parvina Shamsiddin qizi
Davronova Parvina Shamsiddin qizi
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Davronova Parvina Shamsiddin qizi 07.02.2008-yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shahrida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi bo‘lib, yurisprudensiya sohasida tahsil oladi. U faoliyatini 2025-yilda boshlagan. Parvina kitobxon, til o‘rganuvchi va maqolalar muallifi. U ingliz tili bo‘yicha B2 hamda CEFR B2 darajasiga ega, rus tilini ham biladi.

U oltin medal sohibasi va yengil atletika sovrindori. Uning hayotiga ota-onasi hamda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisining: «Ertaga tanlayotgan kasbingizga majburligingizdan emas, balki o‘z xohishingiz bilan boring», degan so‘zlari ta’sir qilgan. Uning hayotiy shiori: «Qilganidan afsuslanish, qilmaganidan afsuslanishdan yaxshiroq».

Bo‘sh vaqtida badiiy va psixologik kitoblar o‘qiydi. Madaniyat, san’at tarixi, kino tarixi, moda va dasturxon odobi haqida ma’lumot oladi. Falsafa, odam psixologiyasi, astronomiya, iqtisodiyot hamda Katta Yettilik haqida qisqa podkastlar tinglaydi. U oila a’zolari bilan doimiy ravishda shaxmat o‘ynaydi yoki 3×3 kubik yig‘adi. Shuningdek, «Hokimiyatning 48 qonuni» audiokitobini tinglaydi va Jinoyat kodeksini yaxshilab o‘rganadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga ishonch va yangi g‘oyalar muhim. U boshqalar undan o‘ziga ishonchni o‘rganishlari mumkinligini aytadi. Biror qarorga kelsa, uni fikridan qaytarishning deyarli iloji yo‘q. U o‘ziga ham, atrofidagi odamlarga ham juda yuqori talablar qo‘yadi. U o‘zi bilan o‘zi hech qachon zerikmaydi va har doim shug‘ullanish uchun biror mashg‘ulot topa oladi. Yangi bir g‘oya bilan atigi 5 daqiqada qiziqib ketishi, bu g‘oya ustida uni amalga oshirishning har bir qadamini o‘ylab, uxlamasdan va biror narsa yemasdan vaqt o‘tkazishi mumkin.

Uning kelajakdagi maqsadlari — Adliya vazirligida faoliyat yuritish, poliglot bo‘lish va hayotda o‘z o‘rnini topish.

«Qilmay afsus qilgandan ko‘ra, qilib afsus qilgan yaxshiroq.»

Hoziroq ariza qoldirish