Ergasheva Farida Erkin qizi

Ergasheva Farida Erkin qizi
Ergasheva Farida Erkin qizi
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ergasheva Farida Erkin qizi 31.10.2008-yilda tug‘ilgan. U hozirda Samarqand davlat universitetining amaliy matematika yo‘nalishi 1-kurs talabasi. Avval Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8 yil, G‘ijduvon tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida 1 yil hamda G‘ijduvon tumanidagi 2-son politexnikumida 2 yil analitik laborant yo‘nalishida tahsil olgan. U politexnikumni ko‘k diplom bilan muvaffaqiyatli yakunlagan.

U universitetga kirish uchun 2 yil mobaynida tayyorlangan. 7-sinfda tumanida o‘tkazilgan “Hokim olimpiadasi” tanlovida qatnashib, matematika va fizika fanlaridan 9 oylik bepul kursni yutib olgan. Shuningdek, boshqa bir qator kichik olimpiadalarda qatnashib, faxrli o‘rinlar va diplomlarga sazovor bo‘lgan. Hozirda matematika, fizika va ona tili fanlaridan A daraja milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Maktabidagi nemis tili o‘qituvchisi bir necha bor Germaniyada bo‘lgani va yaxshi o‘qiganlarni Germaniyaga olib ketishini aytgani unga ta’sir qilgan. Shu maqsadda u barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qishga harakat qilgan va hozirda nemis tilini o‘rganmoqda. Bo‘sh vaqtida kitoblar mutolaa qiladi, yangi ma’lumotlarni o‘rganishga hamda til o‘rganishga harakat qiladi. U yangi bilimlar olishga juda qiziqadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hammani tinglay bilish, shirin muomala va o‘ziga ishonch muhim fazilatlardir. Boshqalar undan qat’iyatni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning kelajakdagi rejalari universitet oldi talabasi bo‘lish, xalqaro grantlarni yutib, dunyoning TOP universitetlarida tahsil olish hamda barcha mamlakatlarda bo‘lishdan iborat. Hayotiy shiori: “Doim harakat qilgan odam o‘z maqsadiga albatta erishadi.”

“Yangi bilimlar o‘rganishga hech ham dangasalik qilmaslik kerak. So‘rashdan hech qachon uyalmang.”

Hoziroq ariza qoldirish