Erqulova Jayrona Sherzod qizi

Erqulova Jayrona Sherzod qizi
Erqulova Jayrona Sherzod qizi
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Erqulova Jayrona Sherzod qizi 2005-yil 10-avgustda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qarliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda ham Qarliq qishlog‘ida yashaydi. U Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qarliq qishlog‘idagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lib, 2023-yilda ushbu maktabni oltin medal asosida bitirgan.

Jayrona Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetining Amaliy psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. U 2023-yilda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan va shu yili Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lgan. Psixologiya sohasidagi faoliyatini 2023-yilda boshlagan.

U zakovat faoliyatini 2021-yildan boshlagan. 2022-yilda maktablararo «Zakovat»ning respublika bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, universitet miqyosida o‘tkazilgan bir qancha tanlovlar g‘olibasi hisoblanadi. U zakovatchi va kitobxondir.

U hayotini o‘zidan boshqa hech kim o‘zgartira olmasligini, orzularini maqsadga aylantirganda ularga albatta erisha olishini hamda buni kimgadir tushuntirishdan ko‘ra jim harakat qilib natijaga erishish mumkinligini anglab yetgan kunini hayotidagi tub burilish deb hisoblaydi. U tarbiyasiga muvofiq ish tutishidan faxrlanadi. Ayrim insonlarning harakatlaridan xulosa qilib, o‘zining kuchli ekanini va xohlasa, hammasini uddalay olishini tushungan.

Uning shiori: «Qiyinchiliklar — sinov, yengish — muvaffaqiyat!» U doimo yangi fikrlar va xotirjam tahlil orqali eng yaxshi yechimni topishga hamda muammolarni imkoniyatga aylantirishga harakat qiladi. Jayrona liderlikni odamlar qalbiga yo‘l topa olish, xaos ichida xotirjam tahlilni saqlash, qiyinchiliklarni qat’iyat va ijod bilan imkoniyatga aylantirish, jamoasiga ishonchli tayanch bo‘lish hamda har bir insonning o‘z ichki kuchini kashf etib, yuksalishiga xizmat qilish deb biladi.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, til o‘rganish va o‘zini har tomonlama rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. U har doim o‘z ustida ishlab, boshqalarga o‘rnak bo‘lishga harakat qiladi. Uning fikricha, insonlar undan eng qiyin vaziyatlarda ham xotirjam tahlilni saqlashni, muammolarni imkoniyatga aylantirish uchun qat’iyat va ijodkorlik ko‘rsatishni, o‘zgalarni chin dildan eshitib, tushunishni hamda ularning o‘zligini kashf etishiga yordam berishni o‘rganishlari mumkin. U hayotini rivojlanish va boshqalarga yordam berish orqali mazmun topadigan yo‘l deb biladi.

Kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislaridan biri bo‘lish va vatan rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. U o‘zi haqida hamshira, tikuvchi va pazanda ekanini ham qayd etgan.

Hoziroq ariza qoldirish