G’aybullayeva Umida Xayrulla qizi

G’aybullayeva Umida Xayrulla qizi
G’aybullayeva Umida Xayrulla qizi
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

G’aybullayeva Umida Xayrulla qizi Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashaydi. U maxsus o‘rta ta’lim olgan va JDPU akademik litseyida tahsil olgan. Hozirda Jizzax davlat pedagogika universitetida “Xorijiy til va adabiyoti: koreys tili” yo‘nalishida tahsil olmoqda.

Umida ingliz tilini B2 darajada biladi, koreys tilidan TOPIK II (2) darajasiga ega hamda rus tilini B1 darajasida o‘rganmoqda. U “Gimastrada” jamoaviy chiqishida Respublika chempionati va Respublika kubogi ishtirokchisi, shuningdek, faxrli o‘rinlar sovrindori bo‘lgan. “Worldly top reseacher 2025” tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

U sport gimnastikasi yo‘nalishida ko‘p marta respublika chempioni bo‘lgan, trampolin sport turi bo‘yicha viloyat chempioni hisoblanadi. “Umid nihollari sport o‘yinlari — 2021” musobaqasining sport gimnastikasi bo‘yicha viloyat bosqichida 1-o‘rinni, “Barkamol avlod sport o‘yinlari 2025”da workout sport turi bo‘yicha respublikada 3-o‘rinni egallagan.

Umida bir nechta xalqaro va mahalliy maqolalar muallifi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzod, Yashil maktab koordinatori hamda yosh shoira. Uning eng katta energiyasi va motivatsiyasi — onasi. Onasining ko‘zlariga qaraganda, yanada ko‘proq oldinga intilish uchun o‘zida kuch topadi.

Uning hayotiy prinsipi: “Birinchi urinish mag‘lubiyatga uchrab, to‘xtab qolish uchun emas, boshlash uchun bo‘ladi.” Bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganishga harakat qiladi va sport bilan shug‘ullanadi. U rasm chizishga juda qiziqadi, maktabda turli tanlovlarda ishtirok etgan hamda turli sohalarga ozgina-ozgina qiziqib ko‘radi.

Umidaning kelajakdagi maqsadlari — yurtini yanada ko‘klarga ko‘tarish, yoshlarni sportga va bilim olishga yanada jalb qilish, xalqaro metodikalarni chetdan olib kirish hamda yurtining rivojlanib, gullab-yashnashiga o‘z hissasini qo‘shish. U boshqalarga qiyinchiliklar va mag‘lubiyatlarga qaramay o‘z maqsadi yo‘lida qat’iyat bilan davom etish, o‘z ustida ishlash va harakatdan to‘xtamaslikni o‘rgata oladi.

“Hech qachon bitta urinishdan so‘ng ortga chekinmang, bu ish yoki bu narsa menga yoqmadi, deb aytmang, har doim ham siz xohlagandek bo‘lavermaydi, shuning uchun ham 2–3 martalab qayta-qayta qilib ko‘ring, o‘rganib ketasiz, asosiysi to‘xtab qolmaslik. Siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq ishlarga qodirsiz.”

Hoziroq ariza qoldirish