Hamroqulova Zilola Sherali Qizi
Hamroqulova Zilola Sherali qizi 2006-yil 26-iyunda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. U tugallanmagan oliy ta’limga ega: 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9 yillik ta’lim olgan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litseyda Xorijiy filologiya yo‘nalishi bo‘yicha 2 yillik ta’lim olgan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishida tahsil olmoqda.
U filologiya sohasida ingliz va nemis tillarini o‘rganadi, SMM sohasida ham ishlagan. Maqola yozish va loyihalarda qatnashishni 7-sinfdan boshlagan. 7-sinfdan boshlab she’rlari tuman va viloyat gazetalarida bosilgan. 10-sinfdan boshlab maqola, she’r va tezislari Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston kabi 10 lab davlatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan.
Zilola 9-sinfdan boshlab nemis tili yo‘nalishi bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida 1–2-o‘rinlarni egallab keladi. Besh tashabbus olimpiadalarida shashka bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni olgan. «Litsey iftixori» va «Rektor stipendiyasi»ga sazovor bo‘lgan, 100 dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiyalarda qatnashgan hamda 10 dan ortiq xalqaro tashkilot a’zosi bo‘lgan. O‘zbekistonda tashkil etilgan turli volontyorlik tashkilotlarida koordinator bo‘lib faoliyat yuritgan. U Milliy tiklanish partiyasining tashabbuskor yoshlaridan biri va Yoshlar parlamenti faollari jamoasining bir qismidir.
Maktabning 8-sinfida uning ijodini ko‘rgan viloyat yetakchisi she’riy kitobini chiqarib berishni va’da qilgan, ammo va’da bajarilmagan. Shundan so‘ng u ochiq murojaatlar bo‘limiga o‘z fikrini bildirgan. Bu murojaatni Alisher Sadullayev shaxsan ko‘rib chiqib, Zilola bilan bog‘langan va unga: «Zilola, siz to‘xtab qolmang, siz kelajakda zo‘r shoira bo‘lishingiz kerak», degan. Ushbu voqea uning uchun eng go‘zal turtki bo‘lgan.
Bo‘sh vaqtida o‘zini rivojlantirish uchun turli loyihalar va o‘quv kurslarida qatnashadi, kitob o‘qiydi va til o‘rganadi. Bilganlarini atrofdagilarga o‘rgatish uchun turli kichik loyihalar tashkil qilgan hamda ular bilan shug‘ullanadi. U liderlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, boshqalarga o‘rnak bo‘la olish va insonlarni o‘ziga ergashtira olish muhim, deb hisoblaydi.
Kelajakda Germaniyada magistratura ta’limini davom ettirishni, u yerdagi ta’lim tizimini o‘rganib, uni O‘zbekistonda qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqishni rejalashtiradi. Shuningdek, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida ishlash hamda Nurota tumanining kashta madaniyatini yangicha uslubda boshqalarga tanitishni maqsad qilgan. Boshqalar undan har qanday holatda to‘xtamaslikni, bilmagan narsalarini boshqalardan so‘rashga uyalmaslikni, turli zamonaviy kasblar va hunarmandchilikning ayrim turlarini o‘rganishlari mumkin.
Uning hayotiy prinsipi: «Eng katta g‘alaba — bugungi o‘zidan kechagi o‘ziga qaraganda bir qadam oldinda bo‘lish. U orzulariga shunchaki erishishni emas, ularga munosib insonga aylanishni maqsad qilgan».
