Ensiklopediya1 daqiqa
Haqberdiyeva Dilorom Isroil qizi
Amaliy matematika talabasi · ITga qiziquvchi · Yosh dasturchi · Loyiha yaratuvchisi · Bilim ulashuvchi
Haqberdiyeva Dilorom Isroil qizi 27.11.2007-yilda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Urgut tumanida yashaydi. Samarqand shahridagi 24-maktabda tahsil olgan Dilorom hozirda amaliy matematika yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning faoliyati 2025-yilda Samarqand davlat universitetiga qabul qilingan vaqtdan boshlangan. Diloromning matematika va IT yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishi uning ushbu sohalardagi izlanishlariga turtki bo‘lgan. U “5 million dasturchi” loyihasida sertifikatlarga sazovor bo‘lgan hamda xorijiy fandan B2 sertifikatiga ega.
Bo‘sh vaqtida u murakkab matematik misol va masalalarni o‘rganadi, IT olamiga o‘zining yangi loyihalarini kiritadi hamda yangi loyihalar tayyorlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — har qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U bilgan barcha narsasini so‘raganlarga bajonidil o‘rgatadi.
Diloromning hayotiy prinsipi: “Men hayotdan mukammal kunlarni emas, mazmunli kunlarni istayman”. Unga ta’sir ko‘rsatadigan alohida shaxs yo‘q, barcha uni qo‘llab-quvvatlaydi. U juda sho‘x qiz bo‘lib, insonlar bilan tez tanishib, tez chiqishib ketadi.
Uning kelajakdagi eng oliy maqsadi yurtiga va ota-onasiga munosib farzand bo‘lishdir. U ko‘plab maqsadlarga ega bo‘lib, ulardan biri kuchli matematika va IT mutaxassisi bo‘lishdir.
“Orzularingizga ishoning, harakat qiling, taslim bo‘lmang. Bilim olib, kelajagingiz uchun harakat qiling.”
Muallif
Haqberdiyeva Dilorom Isroil qizi
Amaliy matematika talabasi · ITga qiziquvchi · Yosh dasturchi · Loyiha yaratuvchisi · Bilim ulashuvchi
