Ilxomova Dilnura Javlon qizi

Ilxomova Dilnura Javlon qizi
Ilxomova Dilnura Javlon qizi
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Ilxomova Dilnura Javlon qizi 2007-yil 1-sentyabrda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati, Payariq tumani, Payariq shahrida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Biokimyo instituti bakalavriatining 2-bosqich talabasi bo‘lib, fundamental tibbiyot yo‘nalishida ta’lim oladi. Faoliyatini 2025-yilda, oliy o‘quv yurtiga kirganidan so‘ng boshlagan. Institutdagi ta’lim jarayonida turli viktorinalar, tanlovlar, konferensiyalar va tadbirlarda ishtirok etib, o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirgan.

Tibbiyot va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi uning ilmiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. U Pinnacle Science Ilmiy Tadqiqot Markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Vatan faxri” ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, sertifikat, guvohnoma va ko‘krak nishoniga ega bo‘lgan. Shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Kitobxon oila” onlayn viktorinasida qatnashgan hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” 2-mavsumining final ishtirokchisiga aylangan. Hozirda saraton kasalligiga bog‘liq ilmiy maqolasi nashrdan chiqish jarayonida.

Dilnuraning asosiy qiziqishlari kitob mutolaasi, til o‘rganish, turli shirinliklar va taomlar tayyorlashdan iborat. U yoshligidan mutolaaga qiziqib keladi, kitob o‘qish bilan esa asosan 10-sinfdan faol shug‘ullana boshlagan. Hozirgi kunga qadar turli janrlardagi 100 ga yaqin kitobni mutolaa qilgan. Kelajakda magistratura bosqichini chet elda davom ettirish istagi sabab nemis tilini o‘rganishni boshlagan.

Uning eng katta maqsadi fundamental tibbiyot bo‘yicha chuqur bilimga ega, yuqori malakali va o‘z kasbiga sadoqatli shifokor bo‘lishdir. U magistratura bosqichini chet elda davom ettirish, ilmiy izlanishlar olib borish, falsafa doktori hamda keyinchalik professor darajasiga yetishni rejalashtiradi. Bundan tashqari, o‘zidan keyingi avlod yoshlariga bilim berish, ularni kitob mutolaasi va ilmiy izlanishlarga qiziqtirish, qobiliyatlarini namoyon etishlari hamda katta yutuqlarga erishishlarida ko‘maklashishni o‘z vazifasi deb biladi.

U uchun orzu va maqsadlariga ishonadigan, doimo qo‘llab-quvvatlaydigan ota-onasi va qadrli insonlarining mehri hamda ishonchi katta ahamiyatga ega. Uni rassom Joshua Reynoldsga nisbat berilgan quyidagi fikr ilhomlantiradi: “O‘zgacha iqtidoriga ega bo‘lmasangiz, tinimsiz mehnat bu kamchilikni yopib ketadi. Aniq maqsad va qat’iyat albatta o‘z mevasini beradi”. U maqsadni erta belgilash, bo‘sh vaqtni rivojlanishga aylantirish, birinchi natijadan keyin to‘xtab qolmaslik va katta orzu qilishdan qo‘rqmaslikni muhim deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish